🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Grammar time On time In time Ikkalasi ham «vaqtida» deb ta | IELTS Light💡

Grammar time

On time In time

Ikkalasi ham «vaqtida» deb tarjima qilinishi mumkin. Ammo «in time» iborasining «vaqtidan bir oz oldinroq», «on time» iborasining esa «ayni vaqtida», degan ma’nosi bor. Misollarda ko’ramiz:

Agar uchrashuv vaqti soat 9:00 qilib belgilangan bo’lsa:

– 8:30 da yetib kelsangiz, vaqtidan oldinroq yetib kelgan bo’lasiz – IN TIME

– uchrashuvga 8:50 da yetib kelsangiz, bir oz vaqtliroq kelgan bo’lasiz – IN TIME

– agar 8:55 da yetib kelsangiz, uchrashuvga 2 daqiqa ertaroq kelgan bo’lasiz – IN TIME

ON TIME iborasi ish-harakatning ayni kutilgan, kelishilgan vaqtning o’zida sodir bo’lishini anglatadi. Yuqoridagi uchrashuv misolida agar kishi soat 9:00 yetib kelgan bo’lsa, demak uning yetib kelishi «ON TIME» bilan ifodalanishi kerak!

«Just» so’zi har ikki ibora bilan ishlatilishi mumkin. Bu so’z faqatgina «aynan shu vaqtning o’zida» degan ma’noni anglatib, ish-harakatning o’ta aniq bo’lgan vaqtda bajarilishini ifodalaydi. Misol uchun:

Jamshid came just in time to meet Shohista- Jamshid Shohistani uchratish uchun ayni vaqtida keldi (vaqtidan bir oz oldinroq keldi, shunday vaziyatda keldi-ki, agar bir oz kech qolganida kechikkan bo’lardi)

Jamshid came just on time to meet Shohista – Jamshid Shohistani uchratish uchun ayni vaqtida keldi(u oldinroq ham kelmadi, kechikib ham qolmadi, ni uchratish uchun uchrashuv vaqtining ayni o’zida keldi)

@IELTSLight - kanaliga ulanish