🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Grammar Time How do we tell the TIME? Vaqtni qanday qi | IELTS Light💡

Grammar Time

How do we tell the TIME?

Vaqtni qanday qilib aytamiz?

Ingliz tilida soat necha ekanligini so'ramoqchi bo'lsak:

"What time is it?" deb savol beramiz. Javob ham har doim:

"It is ..." deb boshlanadi.

Vaqtni ifodalash uchun "past"(o'tdi) va "to"(ta kam) so'zlarini qo'llaymiz! Birinchi, necha daqiqa o'tgan yoki takam ligi aytiladi, past va to so'zlaridan keyin nechidan yoki nechigacha qolganligi ifodalaniladi! Agar soat aniq bitta son(roppa rosa) bo'lgan bo'lsa, o'sha sondan so'ng "o'clock" so'zi qo'yiladi!

Masalan:

It is 2 o'clock now.
(Hozir soat (roppa rosa) 2 bo'ldi)
It is 35 minutes past 10
(Soat 10 dan 35 daqiqa o'tdi)
Yoki: It is 25 minutes to 11
(Soat 25 takam 11 bo'ldi)

Ingliz tilida 30 daqiqa "half"(yarim soat),15 daqiqa "quarter"(chorak) deb ifodalaniladi:

Masalan:

It is half past 4
(Soat 4 yarim bo'ldi)
It is quater to 7
(Soat 15 takam 7 bo'ldi)

Ammo ingliz tilida og'zaki nutqda soat juda qisqa qilib ham ifodalanishi mumkin:

Masalan: 10:30 It is ten thirty.

Ertalab 00:00 dan kunduzi 11:59 gacha bo'lgan vaqt uchun a.m.(anti-meridian), tushlik 12:00 dan kechki 11:59 gacha bo'lgan vaqt uchun p.m.(post-meridian) so'zlari ishlatiladi.

@IELTSLight - kanaliga ulanish