Get Mystery Box with random crypto!

Yolgʻon xabarlarga aldanib qolmang! Qadrli kuzatuvchilar, y | IELTSmates Uz

Yolgʻon xabarlarga aldanib qolmang!

Qadrli kuzatuvchilar, yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda IDP IELTS in Uzbekistan faoliyati toʻxtatilganligi haqida soxta xabarlar tarqatilganligi maʼlum boʻldi. Shuni taʼkidlab aytamizki, bu xabar mutlaqo asossiz va bizning faoliyatimiz hech qanday uzilishlarsiz davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu kabi xatti-harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasiga asosan qonunbuzarlik deb hisoblanadi va bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

Qadrli nomzodlar, rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz va exams.uz saytida eʼlon qilinmagan soxta maʼlumotlarga ishonmasligingizni va ularning tarqatilishida ishtirok etmasligingizni soʻraymiz.

Telegram | Instagram | Facebook