🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Institut xotin-qizlariga mohir kulollarimiz tomonidan tayyorla | English faculty I

Institut xotin-qizlariga mohir kulollarimiz tomonidan tayyorlangan nodir buyumlar bayram sovg’asi sifatida taqdim etildi

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda ko’z o’ngimizda avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o’rganadi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go’zal va maftunkor.

Bugun, 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida tantanali katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi.

— “Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor ayyomda siz, azizlarimni, sizlarning timsolingizda butun institut xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan tabriklashni o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman” deydi, – institut rektori.

Tadbir davomida institutning iqtidorli va faol talabalari tomonidan turli tillarda qo‘shiq va she’rlar, milliy raqslar ijro etildi.

Hurmatli Prezidentimizning Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida kulolchilar hamda kulolchilik mahsulotlari bilan tanishish jarayonida alohida ta’kidlaganlaridek, milliy kulolchilik mahsulotlari har bir xonadonda bo’lmog’i va bu madaniyatimiz, ma’naviyatimiz ramzi demakdir.

Milliy madaniyatimizning ramzi hisoblanmish kulolchilik mahsulotlarini o’zbek xonadonlariga yanada kengroq yoyish maqsadida institutda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarga mohir kulollarimiz tomonidan tayyorlangan nodir buyumlar bayram sovg’asi sifatida taqdim etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi