🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

SamDCHTIga Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor | English faculty I

SamDCHTIga Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sunaryo Kartadinata tashrif buyurdi

2021-yilning 6-mart kuni Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sunaryo Kartadinata boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar hamda institut rahbariyati vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida kelgusida tomonlarning mavjud o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkam darajada o‘rnatish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini joriy qilish hamda ularning tarjibasini oshirish, indonez tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rganayotgan talabalar uchun hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini yaratish, ilmiy va amaliy konferensiyalarni tashkil etish borasida fikr hamda mulohazalar almashinildi.

Uchrashuvdan so‘ng faollar zalida elchixona vakillari tomonidan tayyorlangan badiiy-konsert dasturi tashkil etildi va unda indonez xalqining milliy raqs hamda qo‘shiqlari ijro etildi. Jumladan, indonez milliy taomlari ko‘rgazmasi ham voqealar rivojidan joy oldi.

— “Oʼylaymanki, bugungi madaniy tadbir va elchixona tomonidan berilayotgan eʼtibor yoshlarimizni indonez tilini oʼrganishga boʼlgan qiziqishlarini yanada oshiradi” – deydi, institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov. – Janob Sunaryo Kartadinata hamda elchixona xodimlari, sizlar bunday tadbirlaringiz bilan Oʼzbekistonda taʼlim sohasining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʼshmoqdasiz. Shu munosabat bilan Indoneziyaning Oʼzbekistondagi elchixonasiga samimiy minnatdorchilik bildiraman”.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi