🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#vebinar 2+2 qo’shma ta’lim dasturlari: “Rus tili dars mashg’ | English faculty I

#vebinar

2+2 qo’shma ta’lim dasturlari: “Rus tili dars mashg’ulotlariga kreativ yondashish” mavzusida onlayn vebinar bo’lib o’tdi

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan 2+2 qo'shma ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi 1-bosqich talabalari hamda ikkala oliy ta’lim muassasalarining “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida ZOOM dasturi orqali onlayn vebinar bo’lib o’tdi.

Vebinar mavzusi “Rus tili dars mashg’ulotlariga kreativ yondashish” deb nomlanib, bunda talabalar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, shuningdek, ta’lim dasturi bilan bog’liq barcha ko’rsatma va tushunchalarga ega bo’lishdi.

Vebinar yakunida Samarqand davlat chet tillar institutining qo’shma ta’lim dasturlari doirasida tashkil etilgan filologiya va tillarni o’qitish: koreys va rus tili yo’nalishlarida tahsil olayatgan birinchi bosqich talabalariga mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv adabiyotlari hamda darsliklar sovg’a tariqasida tuhfa etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi