🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#hashar Hashar – xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan. | English faculty I

#hashar

Hashar – xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik mujassam.

Hasharga Roman-german tillari fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari jalb qilinib, fakultet binosi atrofi va ichkarisini chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi va daraxtlar tartibga keltirilib, ariqlar tozalandi.

Tabdirni ko‘tarinki ruh bilan qabul qilayotgan fakultet jamoasi yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, yaratish va bunyodkorlik zavqi bilan yashayotganini, buyuk kelajak, farovon hayot barpo etishga intilayotganini yana bir karra namoyish etishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi