🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#Bizning_yutuqlar Joriy yilning iyun oyida Qozog’istonning Nu | English faculty I

#Bizning_yutuqlar

Joriy yilning iyun oyida Qozog’istonning Nursulton shahrida “MDH davlatlarining eng yaxshi talabasi – 2022” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Unda Samarqand davlat chet tillari institut Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Iroda Mahammatqulova ham o’zining maqolasi bilan munosib ishtirok etdi.

Shuningdek, ko’rik-tanlov natijalariga ko’ra Iroda Mahammatqulova faxrli 1-o’rinni egalladi hamda ko’krak nishoni, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Iroda Mahammatqulovaning kelgusidagi ishlariga omad yor bo'lishini so'rab qolamiz!

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram