Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar asosiy xodim sifatida qancha stavkada ishlashi mumk | English faculty I

Magistrlar asosiy xodim sifatida qancha stavkada ishlashi mumkin?

Magistratura talabasi bemalol asosiy xodim sifatida ishlashi mumkin.

Mehnat kodeksi 81-moddasiga binoan ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Shuningdek, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat № 402, 29.01.1998 y.)ga muvofiq mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan korxonaning xodimlar boʻlimida yoki shunga masʼul etilgan shaxsda saqlanadi. Oʻrindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi. Agar magistrant boshqa joyda ishlamasa korxona uni asosiy xodim sifatida ishga qabul qilishi va uning mehnat daftarchasini yuritishi kerak.

Mehnat kodeksi 115-moddasiga muvofiq xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Shuningdek normaning ikkinchi qismiga asosan olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.

Endi qarang! Magistrantning asosiy vazifasi taʼlim olish hisoblanadi. Shu tufayli magistrant faqat darsdan boʻsh vaqtlaridagina ishlashga haqli. Anʼanaviy yoki masofaviy shaklda oʻqishning ahamiyati yoʻq. Har ikki holatda ham asosiy vazifa oʻqish.

Mehnat kodeksi 118-moddasiga koʻra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zoʻriqish, asab tangligi bilan bogʻliq, yaʼni alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Bundan koʻrinib turibdiki, oʻqituvchilar haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi faqat mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi oʻqituvchilarni nazarda tutgan.

Shunga koʻra magistrant OTMdagi darslari qoʻyilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Biroq oʻqish soatlari va ish yuklamasi bir biriga halal bermasa, 1 stavkada ishlash mumkin. Bunga MK 118-moddasi asos bo’ladi.

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi

Manzil: Samarqand shahar, Bulvar, Bo'stonsaroy ko'chasi, 93-uy

SamDCHTI Axborot xizmati