Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandda Rudakiy haykali ochildi Vatanimiz mustaqilliginin | English faculty I

Samarqandda Rudakiy haykali ochildi

Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda Samarqand shahrida fors-tojik adabiyotining asoschisi Abu Abdulloh Rudakiy haykalining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Samarqand shahrida turli yillarda bu ulug‘ adibning kichik haykal va byustlari bo‘lgan, ammo ular har xil sabablar bilan boshqa joyga ko‘chirilgan yoki o‘z munosib o‘rnini topmagan. Vaholanki, shaharda Rudakiy nomi bilan ataladigan katta ko‘cha bor, shuningdek, yana boshqa bir qator ob’yektlarga shoir nomi berilgan.

Mazkur majmuaning yaratilishi azaldan yaqin qo‘shni, qardosh bo‘lgan o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, ikki xalq ijodkorlarining hamkorligini yanada kuchaytirishga xizmat qilishiga aminmiz!

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi