🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

English faculty I

Logo of telegram channel iflenglish — English faculty I E
Logo of telegram channel iflenglish — English faculty I
Channel address: @iflenglish
Categories: Languages
Language: English
Subscribers: 929
Description from channel

Official channel of English Faculty-1.
University life is about challenging, questioning, enjoying good people and good friends, and pushing yourself to the limit.
Connect with us:
@Mirsaidbaxtiyorovich

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 99

2021-04-06 13:30:15 #uchrashuv

Diniy mazmundagi materiallarni tarqatganlik uchun Jinoyat kodeksida kerakli jazolar belgilangan

“Ilmdan o’zga najot yo’q va bo’lmagay” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvga tashrif buyurgan mehmonlar Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimi F.Mamatqulov hamda Imom Buxoriy Hadis ilmi oliy maktabining katta o’qituvchisi X.Jo’raboyevlar bo’lishdi.

Yoshlar orasida ekstremizm g’oyalariga berilishning oldini olish hamda ularni ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish ta’kidlandi jarayon doirasida.

— “ Hozirgi kunda yoshlar orasida yot g’oyalar ta’siriga kirib qolish holatlarining ko’payishi va bularning aksariyati oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarda kuzatilmoqda – deydi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimi F.Mamatqulov. — Shuningdek, taqiqlangan veb-sahifalarga kirib, diniy mazmundagi materiallarni boshqalarga tarqatish holatlari ham yo’q emas. Bilib-bilmay amalga oshirilgan bunday ishlar uchun Jinoyat kodeksida kerakli jazo choralari belgilangan”.

Uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan bildirilgan javoblarga ega bo’lishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
214 views10:30
Open / Comment
2021-04-06 09:09:48
МТТнинг директори Э.Бекбергенова тарбияланувчилар ҳақини еганми?

31 март куни Қорақалпоғистоннинг Қонликўл тумани 1-сонли давлат мактабгача таълим ташкилоти ходимлари ташкилот раҳбарини лавозимдан олиш учун норозилик намойиши ўтказиб, кўчани тўсиб қўйгани акс этган видеолавҳалар ижтимоий тармоқларда кенг тарқалди. Мактабгача таълим вазирлиги ҳолат юзасидан «Газета.uz»га маълумот берди.

Қайд этилишича, 1-сонли ДМТТнинг директори Э.Бекбергенова устидан ходимлар томонидан келиб тушган шикоятлар ўрганилганда, МТТ раҳбари томонидан 399,2 млн сўмлик молиявий хато-камчиликларга йўл қўйилганлиги маълум бўлди. Жумладан, ДМТТда 2018-2020 йилларда қарийб 5 тонна (159,6 млн сўмлик) гўшт ҳамда 15,5 тонна (53,1 млн сўмлик) сут болаларга берилмаган.

Бекбергенова 2020 йил 21 декабрь куни лавозимидан озод этилган, бироқ 24-25 март кунлари суд қарори асосида лавозимига қайта тикланган. Шундан сўнг, МТТ ходимлари ўз норозилик намойишларини уюштирган.

Каналга уланиш:
https://t.me/joinchat/SPjUQ88JdQiH
214 views06:09
Open / Comment
2021-04-06 08:52:29
Навбатдаги одамни пиёдалар ўтиш жойида машина уриб кетгач, йўлга ниҳоят светофор ўрнатилди

Самарқанд шаҳридаги Афросиёб кўчасида, пиёдалар ўтиш йўлакчасига навбатдаги йўл-транспорт ҳодисасидан сўнг, светофор ўрнатилди. Қайд этилишича, мазкур жойда сўнгги 15 йилда 10 та ЙТҲ содир бўлган ва уларда 4 киши вафот этган.

Маълум бўлишича, жорий йил 29 март куни бу ерда содир этилган ЙТҲда 4-синф ўқувчисини машина уриб юборади. Бу ерда жойлашган «Боғимайдон» МФЙ аҳолиси мазкур ЙТҲ қайд этилган видеолавҳани Халқ депутатлари вилоят кенгашига юборишган. Шундан сўнг, вилоят ҳокимлиги, ИИБ мутасаддилари ва ота-оналар иштирокида ўтказилган муҳокамада бу ерда светофор ўрнатишга рухсат берилади.

Каналга уланиш:
@intellekt_press
191 views05:52
Open / Comment
2021-04-03 15:06:23 Жиззахда халқ таълими раҳбарларининг ярми ишдан олиниши мумкин

Жиззах вилоятида 29 нафар туман ва шаҳар халқ таълими бўлимлари бошқарув ходимининг иш фаолиятини баҳолаш жараёни амалга оширилди, деб хабар бермоқда ХТВ.

Баҳолаш натижаларига кўра, 13 нафар (44,8 фоиз) ходим баҳолаш жараёнидан ўта олмади, қолганининг натижаси ижобий бўлган.

Аввалроқ Тошкент ва Сирдарё вилоятида ўтказилган баҳолаш жараёни натижалари ҳақида хабар берилганди.

Меҳнат шартномаси бекор қилинган бўлимларнинг бўш қолган бошқарув лавозимлари бўйича маълумотлар vacancy.argos.uz веб-сайтига жойланади. Мазкур лавозимларга мос келувчи фуқаролар талабгор сифатида иштирок этишлари мумкин.

Баҳолаш натижалари салбий бўлган ходимлар билан тузилган меҳнат шартномаси икки ҳафтадан сўнг бекор қилиниб, уларга мутахассислиги ва малака даражасига мос бошқа лавозимлар таклиф қилинади.

Навбатдаги баҳолаш жараёни Самарқанд вилоятида ўтказилди, унинг натижалари кейинроқ элон қилинади.

Каналга уланиш:
https://t.me/joinchat/SPjUQ88JdQiHN6e0
168 views12:06
Open / Comment
2021-04-03 13:46:17
08.04.2021 kuni sportning BASKETBOL turi bo’yicha Ingliz tili-1 fakulteti kubogi musobaqasi tashkil etilmoqda. Ishtirok etishni xohlovchi jamolar 7.04.2021 kuni 16 00ga qadar 995857862 raqamiga yoki @Mirsaidbaxtiyorovich telegram profiliga arizalarini yuborishlari mumkin. Musobaqa g’oliblari 1-, 2-, 3-o’rinlar uchun medallar va diplomlar shu bilan bir qatorda musobaqa kubogiga egalik qilishadi.
SHOSHILING O’ZINGIZNI SINAB KO’RISHDAN QO’RQMANG!!!
191 views10:46
Open / Comment
2021-04-03 12:46:49 Yuqoridagi xabarning asosi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi buyrug'iga binoan

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. Ish haqiga koeffitsiyent qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

Ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi.

Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi.

Asoslovchi me'yoriy hujjat

Kanalga ulanish:
@samdchtijamoasi
207 views09:46
Open / Comment
2021-04-03 12:13:19
Mana bugun ajoyib kunlarning birida Ingliz tili-I fakulteti 1òzb22- guruhning eng jozibador,quvnoq va maftunkor talabasi TO’XTAYEVA MADINAning tavallud ayyomi. MADINAGAga baxt,omad,soĝlik,quvonch, ishlariga rivoj tilab qolamiz.
TUĜULGAN KUNingiz muborak bòlsin
Barcha ezgu niyatlarimizni faqat va faqat sizga tilaymiz


Guruh rahbaringiz ,Shirinabonu ,Mo’tabar ,Shaxrizoda ,Pariza,Ruxshona ,Munisa kursdoshlaringiz nomidan yana bir bor tabrik tariqasida tayyorlandi
546 views09:13
Open / Comment
2021-04-03 12:10:34
Ilmiy salohiyatingizni yorqin yulduzlar bilan boyitish vaqti keldi!

Ilmiy izlanishga qiziqasizmi?
Siz bu borada yordamga muhtojmisiz?
Ilmiy maqola yozish hamda uni chop etishda qiynalyapsizmi?

Unda bu aynan siz uchun!

INGLIZ TILI-II FAKULTET QOSHIDA "TEAM OPPORTUNITY" NOMLI KLUB FAOLIYATI YO'LGA QO'YILMOQDA!!!

Klub faoliyati quyidagilardan
Maqola yozish va chop etish
Tarjimonlik
Qo'llanma tayyorlash
Radio
Lug'at tayyorlash
Kitob yozish
Darslik yaratish
va shu kabi ilmiy sohaga doir ishlardan iborat!!!

Klub haftada 3 marta, soat 10 dan 12 gacha tashkil etiladi!

Biz bilan bir safda bo'ling!
OLG'AAAAAAAA!!!

Aytgancha talablarga javob berib yaxshi natijalarga erishgan talabalar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi!!!
Klub a'zosi bo'lish mutlaqo bepul!!!


Murojaat uchun:
@Odina_Baxriddinova
@Gulmira_Juraboyeva
@assalamualaykaa
@sherlockdreamyboy

https://t.me/SamSIFL_2
222 views09:10
Open / Comment
2021-04-03 11:30:41
Talaba farzandli bo'lganida unga oliy ta'lim muassasasi tomonidan bir martalik nafaqa puli beriladi

Talaba oliy ta'lim muassasasiga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori 490.000 so'mni tashkil etadi.

Kerakli hujjatlar:

OTM rektori nomiga ariza
Pasport nusxasi
Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/SPjUQ88JdQiHN6e0
194 views08:30
Open / Comment
2021-04-03 09:36:31
#muhim

Ushbu plastik kartasi Samarqand davlat chet tillar instituti hududidan topib olindi. Kimga tegishli bo'lsa,
@Sirojiddin8212 ushbu telegram manziliga murojaat qilishini so'raymiz.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
216 views06:36
Open / Comment