🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

'Men nega musulmonman?' #hidoyatdagillar Bu savolni tog'risin | Ilhom Muratovich

"Men nega musulmonman?"
#hidoyatdagillar

Bu savolni tog'risini aytsam avvallari o'zimga berib ko'rmagan ekanman, lekin bugun bu savolni o'z-o'zimga berib javob izlay boshladim…

Men Alloh ta'oloning izni ila musulmonman, ul zot tanlagani uchun, musulmonman va ul zotga hamdlar bo'lsin-ki, men haq yo'ldaman. Bunga hech ham shubha qilmayman. Alloh meni bejizga tanlamagan aniq, negaki tanlanmagan bo'lganimda musulmon bo'lib tug'lirmidim?
-yo'q albatta.
Shunday ekan Alloh menga imkoniyat berdi. O'zi yaratgan abadiylikka burkangan #jannat atalmish maskaniga kirishga.
Bir muddat dunyoda mehmon bo'lar ekanmiz, hamda shu qisqagina fursat ichida qilgan amallarimiz o'laroq #jannat yohud jahannamga ravona qilinamiz (Alloh ta'olo o'zi bizlarni haq yo'ldan adashtirmasin)

Lek tan olishimiz kerak-ki, bugungi kunda biz bandalar ochiqlik va tubanlik terminlari asosida yashashga o'rganib qolmoqdamiz. Men musulmonman deb baralla aytayotganlarni ko'pini ko'ramiz. Ammo, qilayotgan ammallari naqadar achinarli a?
Ko'ngil toza bo'lsa bas deydilar, ammo ayni shu ko'ngliga qilayotgan amallari moyiligini bilishmaydi yoki buni anglay olishmaydilar.
Hali yoshim yigirmaga kirib ulgurmasimdan hayotda oz bo'lsada o'zimga kerakli hulosani chiqarishga ulgurdim.

Ba'zi ota-onalarni ko'rdim va ularni ota-ona deb atashga to'g'risi tilim bormaydi. Baholangki ular ertangi kelajakni tarbiyalab berguvchi asosiy omil ekan nega farzandlarini komillika yetaklaydilar. Qizlariga nega iffat atalmish tuyg'ularni o'rgatmaydilar, o'g'illariga nega to'g'rilikni, halollikni o'rgatmaydilar ochig'i bilolmadim. Balkim ular ham ko'ngil toza bo'ldi deydiganlar safiga kirsa kerak-da.

Men musulmonman deya jilmayib ko'zlaringa tik boqib yolg'on so'zlagan insondan yana qanday yomonlik kutish mumkin. Seni chuv tushirib so'ngra boshqalarga maqtanishlarinichi bularni.

Yigitlar qizlar ketidan qolmas, qizlar yigitlarga ko'z suzishdan tiyilmas ekan, qani aytingchi qanday qilib bularni o'zaro ahloqsizligini poklik deb atash mumkin. Vaholangki, ular ham musulmonman deb baralla aytyotganlar safiga kiradi menimcha. Bo'lmasa boshida hijob bo'la turib bir nomahram quchog'iga otilarmidi?
-albatta yo'q!
Yoki masjidga qatnab qo'lidan tasbehni tushirmaydigan, o'ziga taqvoni shunchaki libos qilib olgan rijollar nafsiga qul bo'lib hali u qizni hali bu qizni yo'ldan urib ularni ham gunoh ishga undasharmidilar?
-baholangki bu savolimga ham yo'q deb aytishga majburmiz.

Endi aytingchi siz ham musulmonmisiz? (Javob berishga shoshilmang, va amallaringizga boqing!)

Abdulatif Xolmatov

@Muslim_Mind