Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​ ​​​Present Continuous — Hozirgi davomli zamon X | Ingliz tilida so'zlashish

​​​​​​​​​​

​​​Present Continuous — Hozirgi davomli zamon

Xayrli kun, azizlar!
Bugun sizlar bilan ingliz tilidagi davomli zamonlarni o'rganishni boshlaymiz.

Present Continuous — so’zlovchi gapirib turgan vaqtda, hozirgi zamonda davom etib turgan ish-harakatga nisbatan ishlatiladi. Hozirgi davomli zamonda ifodalangan gaplar ingliz tilidan o’zbek tiliga ko’pincha «-yapti» qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi.

Mana bu gaplar hozirgi davomli zamonda ifodalangan:

Men kitob o’qiyapman (hozir, gapirayotgan vaqtimda kitob o’qiyapman);

Temur futbol o’ynayapti (hozir, so’zlovchi gapirayotgan vaqtning o’zida Temurning futbol o’ynashi davom etib turibdi);

Biz suhbatlashayapmiz (suhbatlashishimiz hozirgi vaqtda davom etib turibdi).

"Present Continuous" darak shaklining yasalishi

Hozirgi davomli zamonning darak shakli to be yordamchi fe'lining hozirgi zamon shakllari (am, is, are) va -ing qo'shimchasini o'ziga olgan fe'l orqali yasaladi. Formuladagi ko'rinishi:

EGA+TO BE+FE’L+ING
ya'ni
I am + fe'l + V ing
He/She/It is + fe'l + V ing
They/We/You are + fe'l+ V ing

Misollar:
Temur is playing football – Temur futbol o’ynayapti.

(Bu yerda «Temur»=ega, «is»=egaga nisbatan «to be» fe’lining hozirgi zamon shakli, «play»=fe’l va unga qo’shilgan «-ing»=o’zbek tilidagi «-yapti» qo’shimchasi. Gap ish-harakatning hozir davom etib turganligini bildiradi.)

Boshqa misollar

I am reading a book
- Men kitob o’qiyapman.

I am speaking now
- Men hozir gapiryapman.

She is speaking now
- U hozir gapiryapti.

We are speaking now
- Biz hozir gapiryapmiz.

They are speaking now
- Ular hozir gapiryaptilar.

Quyidagi gaplarni ingliz tilida yozing.
Men ishlayabman.
U kino ko'ryabdi.
Biz ovqatlanyabmiz.
Siz eshityabsiz.
Ular (piyoda) sayr qilishyabdi.


@ingiliz_tilida_s