Get Mystery Box with random crypto!

MUST/HAVE TO Must – kerak, shart, zarur ma’nosida inson ich- | Ingliz tilida so'zlashish

MUST/HAVE TO

Must – kerak, shart, zarur ma’nosida inson ich-ichidan, vijdonan nimanidir qilishim kerak yoki nimadir qilishing kerakligini bildiradi. Hozirgi va kelasi zamon da ishlatilinadi!
She is a really nice person. You must meet her. We must go tomorrow.

Mustn’t – qat’iy taqiqni bildiradi.
You must keep a secret. You mustn’t tell anybody.

Have to- he,she it da has to, qolgan shaxslarda have to bo’lib, tashqi ta’sir tufayli biror narsani qilishga majburlikni ko’rsatadi!
My eyesight isn’t very good. I have to wear glasses for reading.

Qisqarishi yoki o’zidan oldin madal olishi, zamonda tuslanishi mumkin:
I may have to come early.I will have to work very hard tomorrow. He’s to work.

So’roq va inkor shakli do/does bilan yasaladi.
Do you have to work hard tomorrow?

Not have to – qilishning hojati yo’q, shart emas ma’nosida ishlatilinadi.
The room is clean. You don’t have to clean it.

Must va have to ning o’tgan zamoni had to.
I had to go yesterday.

Didn’t have to = didn’t need to –qilishni hojati yo’qligini bila turib, qilingan ishga nisbatan qilishning hojati yo’q ma’nosida ishlatilinadi.
I knew there were some eggs at home. I didn’t have to buy, but I bought.

Needn’t have V3 qilishni hojati yo’qligini bilmasdan bajarib qo’ygan ishga nisbatan qilishni hojati yo’q ekan, qilmasa ham bo’larkan ma’nosida ishlatilinadi...
I bought some eggs on the way. But when I came home, I found out plenty of eggs. I needn’t have bought the former.


@ingiliz_tilida_s