Get Mystery Box with random crypto!

​​​Present Continuous (negative) — Hozirgi davomli zamon (inko | Ingliz tilida so'zlashish

​​​Present Continuous (negative) — Hozirgi davomli zamon (inkor shakli)

Formuladagi ko'rinishi:
EGA+TO BE+NOT+FE’L+ING

Misollar:
Temur is not playing football – Temur futbol o’ynamayapti.

(Bu yerda «Temur»=ega, «is»=egaga nisbatan «to be» fe’lining hozirgi zamon shakli, «not» inkor yuklamasi, «play»=fe’l va unga qo’shilgan «-ing»=o’zbek tilidagi «-yapti» qo’shimchasi. Gap ish-harakatning hozir davom etib turganligini bildiradi.)

Mana bu gaplar hozirgi davomli zamon inkor shaklida ifodalangan:

Men kitob o’qimayapman (hozir, gapirayotgan vaqtimda kitob o’qimayapman);

Anora qo‘shiq eshitmayapti (hozir, so’zlovchi gapirayotgan vaqtning o’zida Anora qo‘shiq eshitmayapti);

Hozirgi davomli zamon gaplarida inkor shaklini yasash uchun «to be» fe’lidan keyin «NOT» («emas») inkor yuklamasini qo’yamiz deb aytib o‘tdik.
Quyida berilgan gaplarda «to be» fe’li shakllari (am, is are)dan keyin «NOT» inkor yuklamasini qo’yish orqali inkor, bo’lishsiz gaplar hosil qilinayotganligiga e’tibor bering:

I am not doing anything – Men hech narsa qilmayapman;

She is not doing her homework – U uyga vazifasini bajarmayapti;

You are not listening to me – Siz meni tinglamayapsiz;

They are not working in the garden – Ular bog’da ishlamayapti.

Quyida hozirgi davomli zamonda ifodalangan bitta gapning darak va inkor shakllarini yasaymiz:
Temur is playing tennis now. – Temur hozir tennis o’ynayapti. (darak)
Temur is not playing tennis now. – Temur hozir tennis o’ynamayapti. (inkor)

Boshqa misollar:

I am not reading a book
- Men kitob o’qimayapman.

I am not speaking now
- Men hozir gapirmayapman.

She is not speaking now
- U hozir gapirmayapti.

We are not speaking now
- Biz hozir gapirmayapmiz.

They are not speaking now
- Ular hozir gapirmayaptilar.

Quyidagi gaplarni ingliz tilida yozing.
Men ishlamayapman.
U kino ko'rmayabdi.
Biz ovqatlanmayabmiz.
Siz eshitmayabsiz.
Ular (piyoda) sayr qilishmayabdi.


@ingiliz_tilida_s