Get Mystery Box with random crypto!

Bilib qo'ygan yaxshi Ingliz tilida infinitive yordamida tu | Ingliz tilida so'zlashish

Bilib qo'ygan yaxshi

Ingliz tilida infinitive yordamida turli birikmalar hosil qilish mumkin, ba'zan ular shunchalik nozik o'zgarishlarki, ular nima anglatishini bilib olishda chalkashib ketish mumkin. Ularga misol sifatida nothing to do va nothing to be done birikmalarini keltirish mumkin.
nothing to do - qiladigan ish yo'q (odatda zerikarli degan ma'noda)
I am bored. There is nothing to do. (Men zerikdim, bu yerda qiladigan ish yo'q)
nothing to be done - o'zgartirish foydasi yoq, qo'limizdan hech narsa kelmaydi degan ma'noda.
There is nothing to be done - we will have to buy a new one. (Biror ish qilishdan foyda yo'q, yangisini sotib olishimizga to'g'ri keladi)


@ingiliz_tilida_s