🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​ 7-dars Theme: Present simple (negative) - Oddiy hozirgi za | INGLIZ TILI GRAMMATIKASI & IELTS

​​ 7-dars
Theme: Present simple (negative) - Oddiy hozirgi zamon (inkor shakli)

Oddiy hozirgi zamonda inkorni ifodalash uchun ish-harakat so'zi ya'ni fe'ldan oldin 1-, 2-shaxsda va barcha shaxsning ko'pligida "do not" (qisqartmasi: don't) ishlatiladi.
Masalan:
I run - Men (odatda) yuguraman (darak gap)
I do not (don't) run - Men (odatda) yugurmayman (inkor gap)

We play football - Biz futbol o'ynaymiz (darak gap)
We do not (don't) play football - Biz (odatda) futbol o'ynamaymiz (inkor gap)

They speak English - Ular (odatda) inglizcha gapirishadi (darak gap)
They do not speak English - Ular (odatda) inglizcha gapirishmaydi (inkor gap)

Oddiy hozirgi zamonda inkor gapni yasayotganimizda 3-shaxs birlikda (he/she/it) do yordamchi fe'liga -es qo'shimchasi qo'shiladi va does not (qisqartmasi: doesn't) ishlatiladi.
Masalan:
He likes swimming - U (o'g'il bola) suzishni yoqtiradi (darak gap)
He doesn't like swimming - U suzishni yoqtirmaydi. (inkor gap)
She loves birds - U (qiz bola) qushlarni sevadi. (darak gap)
She don't love birds - U qushlarni sevmaydi. (inkor gap)

E'tibor bering, do not yoki does not bo'lganda harakatni anglatadigan so'zga ies/es/s qo'shimchalari qo'yilmaydi.

Yangi so'zlar
Run - yugurmoq
Play - o'ynamoq
Football - futbol
Speak - gapirmoq
Like - yoqtirmoq
Swimming - suzish (sport turi)
Love - sevmoq
Bird - qush
(ko'plikda birds - qushlar)

Source: @learnenglish_uz

@Ingliz_tili_grammatikadi Siz-u bizga kerakli va foydali kanal!