Get Mystery Box with random crypto!

Foydali grammatika Adjectives — Sifatlar Sifatlar otlarn | Ingliz tilini o'rganamiz

Foydali grammatika

Adjectives — Sifatlar


Sifatlar otlarni tasvirlaydi va qanday? qanaqa? so'roqlariga javob beradi:

a large garden - katta bog'
a red bag - qizil sumka
a beautiful picture - chiroyli rasm


Sifatlarga ko'plik qo'shimchasi qo'shilmaydi:

large gardens - katta bog'lar
red bags - qizil sumkalar
beautiful pictures - chiroyli rasmlar


Sifatlar ikkiga bo'linadi: fikr sifatlari ( opinion adjectives ) va haqiqat sifatlari ( fact adjectives)

Fikr sifatlari biron kishining predmetga yoki biron kishiga bo'lgan shaxsiy fikrini ifodalaydi:

  beautiful-chiroyli
  expensive-qimmat
  wonderful-ajoyib
  great-zo'r, buyuk
  lovely-yoqimli
  interesting-qiziqarli
  boring-zerikarli

Haqiqat sifatlari predmetning yoki biron kishining chin sifatlarini ya'ni hajmi, og'irligi, shakli, rangi va materialini ifodalaydi:

short-kalta
green-yashil
round-yumaloq
long-uzun
tall-baland
leather-charm
rectangular-to'rtburchak
silver-kumush

Gap tuzilganda doim birinchi fikr sifatlari keyin haqiqat sifatlar yoziladi.

Haqiqat sifatlari quyidagi tartibda yoziladi

1. hajm/size: big, small, long

2. og'irlik/weight: light, heavy

3. shakl/shape: round, triangular

4. rang/colour: dark blue, light green, red

5. qanday ashyodanligi/ material: cotton, gold, leather, wooden

I have got a beautiful, blue, silk dress.
— Mening chiroyli, moviy, ipak ko'ylagim bor.


I bought an expensive, black, leather purse.
— Men qimmatbaho, qora, charm hamyon sotib oldim.


Eslatma: birlikdagi otlarga uchtadan ortiq sifat ishlatmang!

@ingliz_tiliuz