🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Ingliz Tilini oson o'rganish uchun maslahatlar 1. Maqsadni | Ingliz tilini o'rganamiz

Ingliz Tilini oson o'rganish uchun maslahatlar

1. Maqsadni aniq belgilab oling
Aniq maqsadsiz biron ishda, hususan til o’rganishda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu sababli, ingliz tilini o’zi nimaga o’rganmoqchi ekanligingiz haqida mulohaza qiling. Talabaligimda o’qishdan keyin xususiy til o’rgatish markazida ingliz tilidan dars berganman. Ilk darsni hamisha “Why do you want to study English?” savolidan boshlar edim. Afsuski, sinfning yarmidan ko’pi aniq maqsadni ayta olmas edi. Soddalik bilan “Ota-onam yuborayapti, foydasi tegib qolar,” deydiganlar ko’p uchrar edi.
Til o’rganish uzun va mashaqqati jarayon bo’lgani sababli, bu yo’lga aniq maqsadsiz chiqqan kishi tilni hech qachon o’rgana olmaydi. Aksincha, oldingizga qo’ygan maqsadingiz qancha jiddiy bo’lsa, til o’rganish shuncha tez va samarali kechadi.
Maqsadni hamma shart-sharoitidan kelib chiqib belgilashi mumkin. Masalan, maktab talabasi “Ikki yil ichida ingliz tilini o’rganib, Vestminster universitetiga grant asosida o’qishga kiraman” deb maqsad qilishi mumkin. Talaba esa “TOEFLga tayyorlanib, Amerika universitetlariga grant asosida magistraturaga o’qishga kiraman” deb niyat qilishi mumkin. Ishbilarmon kishi esa “Ingliz tilini o’rganish orqali biznesimga tegishli yangi know-how’larni o’rganib, kompaniyamni 5 yilda dunyo bozoriga olib chiqaman” deb maqsad qo’yishi mumkin. Unutmang, maqsad qanchalik jiddiy bo’lsa, til o’rganish shuncha tez va samarali kechadi.

2. Til asosini takrorlash tashkil etadi
Tilni doimiy takrorlashsiz o’rganib bo’lmaydi. Kuniga 10 yangi so’z yodlashingiz mumkin, ammo bu so’zlarni 1-2 kundan keyin takrorlamasangiz esingizdan chiqib ketishi aniq. Bunda eng samarali yo’llardan biri flesh kartalardir (flash cards). Yoki bo’lmasa, ko’zingiz eng ko’p tushadigan joylardan samarali foydalanishingiz mumkin. Shaxsan men kompyuter monitori atrofi va karavotim taxtasiga yangi o’rgangan so’zlarni kichik qog’oz parchasiga yozib yopishtirib qo’yardim.

3. Muloqot qiling
Til muloqot vositasidir. Shu sababli tilni o’rganish va rivojlantirish uchun, tabiiyki, muloqot qilishingiz kerak. Men talaba bo’lgan vaqtlarimda turli kutubxona va resurs markazlarida Speaking Club’lar bo’lar edi. Hali ravon gapira olmasangiz ham ishtirok etishga qo’rqmang. Tilni bilishiga qaramasdan bu kabi suhbatlarda ishtirok etishga uyalgan kishidan tilni hali tuzukroq bilmasa ham, gapirishga harakat qilgan kishi yutadi. Xullas, uyalmang, xatolar bilan bo’lsa ham gapiring.
Yoki bo’lmasa, davomiy ingliz tilini mashq qilish uchun sherik toping. Tilni bir yoki bir-nechta sherik bilan o’rganishning yana bir foydali tomoni shundaki, bu usul sheriklar orasida o’ziga hos raqobat muhitini yaratadi. Mahalladoshingiz yoki maktabdagi sinfdoshingiz sizga sheriklik qilishi mumkin. Har hafta eng kamida 30 yangi so’z yod olishga va yakshanba kuni uchrashib, bir-biringizni sinashga kelishib olsangiz, sherigingizdan orqada qolmaslik uchun so’zlarni albatta yodlashga harakat qilasiz.

4. Til o’rganish jarayonini hayot tarzingizga moslab boring
Ingliz tilini o’rganish jarayonini hayot tarzingizga moslab boring. Masalan, har kuni universitetga metroda qatnasangiz kuniga eng kamida 30-40 daqiqa vaqtingiz metroda kechadi (har tomonga15-20 daqiqa hisoblaganda). Demak, metrodagi vaqtingizdan unumli foydalanish uchun turli Listening Comprehension’ni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tinglab ketishingiz mumkin. Men talaba bo’lgan vaqtlarimda darslar bekor qilinishi ko’p uchrardi. Bu degani orada eng kamida 1 soat keyingi darsni kutishim kerak edi. Sizda ham shu kabi holatlar uchrab tursa, bu vaqtni kutubxonaga kirib faqat ingliz tili bilan bog’liq bo’lgan ishlarga sarflashingiz mumkin. Yoki bo’lmasa,turli janrlarda kino ko’rmaydigan kishi topilmasa kerak.Kino ko’rmoqchi bo’lsangiz, uni ingliz tilida subtitrlari bilan tomosha qiling

@ingliz_tiliuz