🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

So'zlashuv uchun: Lug'at Ingliz tilidagi olib bormoq, olib k | Ingliz tilini o'rganamiz

So'zlashuv uchun: Lug'at
Ingliz tilidagi olib bormoq, olib kelmoq, tashimoq, yo'l ko'rsatmoq kabi ma'nolarni bildiruvchi so'zlar:

take - bir joydan ikkinchi joyga olib bormoq, olib ketmoq degan ma'noda ishlatiladi.
bring - bir joydan ikkinchi joyga olib kelmoq degan ma'noda ishlatiladi.
transport - tashimoq (ko'p miqdordagi yukni kema, poezd yoki samolyotda olib bormoq, tashimoq)
deliver - xat, tovar va boshqa narsalari kimningdir uyiga, ish joyiga yetkazib bermoq degan ma'noda ishlatiladi.
fly - birov yoki biror narsani samolyotda olib bormoq degan ma'noda ishlatiladi.
ship - mahsulotni bir joydan ikkinchi joyga tashimoq degan ma'noda ishlatiladi.
carry - tashimoq, ko'tarmoq ma'nosida ishlatiladi.
lead - yetaklab bormoq, olib bormoq degan ma'noda ishlatiladi.
guide - yo'l ko'rsatib bormoq, olib bormoq degan ma'noda ishlatiladi.
escort - qo'riqlagan holda birovni biror joyga olib bormoq degan ma'noda ishlatiladi.
usher - yo'l ko'rsatib olib kirmoq degan ma'noda ishlatiladi. Odatda bu ish yo'l ko'rsatuvchining (mehmonxonada) vazifasi bo'ladi.

@ingliz_tiliuz