🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

2-dars Theme: 'To be' fe'li (am/is/are) 'To be' fe'li 'bo'lm | All About English

2-dars
Theme: "To be" fe'li (am/is/are)


"To be" fe'li "bo'lmoq", "bor bo'lmoq" degan ma'nolarni anglatadi.

"To be" fe'li hozirgi zamonda uchta shaklga ega: am/is/are.

I shaxs birlik uchun am, III shaxs birlik uchun is, qolgan barcha shaxslar uchun are ishlatiladi.

Birlik
I am
He/She is
It is

Ko'plik
We are
You are
They are


Kishilik olmoshlari:
I - men
he - u (erkak)
she - u (ayol)
it - u (narsa-buyum)
we - biz
you - sen, siz, sizlar
they - ular

Am/is/are qo'shimchalari darak gapda yuqoridagi kishilik olmoshlaridan so'ng qo'yiladi.

Endi, yuqorida o'rganganlarimiz bo'yicha misollar keltiramiz:

I am a student - Men talabaman
He (She) is a student - U talaba
It is an apple - U olma
We are students - Biz talabamiz
You are students - Sizlar talabasiz

They are students - Ular talaba

Source:@inglizchagapirish