🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​​​​​​​​​​​​​ ​​​​126-dars. Ingliz tilida qisqa javob ber | @InglizTili_IELTS_UZ

​​​​​​​​​​​​​​ ​​​​126-dars.

Ingliz tilida qisqa javob berish va qisqa tugatish.

» Bunday holat ko'proq dialoglarda sodir bo'ladi. Masalan, ikki kishi gaplashib turibdi:
I am not tired - Men charchamadim.
I am - men esa charchadim.


E'tibor bergan bo'lsangiz, ikkinchi odam ega bilan "To be" ishlatdi, xolos. Lekin, bundan uning holati birinchi odamga nisbatan qarama-qarshiligi, ya'ni charchagani tushunildi.

I haven't got a car but my sister has - Mening mashinam yo'q, lekin singlimni mashinasi bor.
» Gapning ikkinchi qismida mashina so'zi ishlatilmasdan, birinchi qismdagi "haven't" so'ziga qarama-qarshi ma'no beruvchi "has" so'zi qo'yildi. Ya'ni, inkor so'zi bo'lgan "not" olib tashlandi.

My brother likes hot weather (Akam issiq ob-havoni yoqtiradi) but I don't (lekin men yoqtirmayman).
» "I don't like hot weather" demasdan, qisqa qilib "I don't" deyapdi.

Did you and John enjoy the film? - Siz va Jon filmdan bahra oldinglarmi?
I did but John didn't - Men bahramand bo'ldim, lekin Jon bahramand bo'lmadi.


Have you ever been to Canada - Kanadada biror marta bo'lganmisiz?
Yes, I have - Ha, bo'lganman.
No, I haven't - Yo'q, bo'lmaganman.


My sister can play the piano but I can't - Singlim pionino chalishni biladi, lekin men bilmayman.

» E'tibor beramiz, gap qaysi zamon bilan, yoki harakat so'zlaridan oldin keluvchi qaysi so'z bilan boshlansa, qisqa javob yoki qisqa tugatish ham o'sha so'z bilan kelyapdi. Can, will, should, have, must va hokazo.

» Hozirgi zamonda bo'lsa do/does, oddiy o'tgan zamonda did ishlatyapmiz. Am/is/are qo'yilgan bo'lsa, qisqartma ham shunga qarab bo'ladi.

I'm not intelligent but you are - Men aqlli emasman, lekin siz... (aqllisiz demoqchi).

»Am, is, are, have va will so'zlari bilan qisqa javob berayotganimizda "I'm" shaklida qisqartirmasdan, doim "I am" deb yozishimiz kerak. Bu qoida odatda ijobiy javoblar uchundir. Agar "I'm not" deb inkor qiladigan bo'lsak bo'laveradi.


@InglizTili_IELTS_uz - Ingliz tilini birga oʻrganamiz!