🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​​​​​​​​​​​​​ ​​​​132-dars. Harakat so'zlarini ishlatishda | @InglizTili_IELTS_UZ

​​​​​​​​​​​​​​ ​​​​132-dars.

Harakat so'zlarini ishlatishdagi ba'zi farqlar.


Harakat so'zlaridan oldin qo'yiladigan so'zlarni avval o'rganib chiqqan edik.
Ularni takror sanab chiqamiz:

Will - kelasi zamonda "moq" qo'shimchasi, barcha shaxs turlarida ishlatilaveradi.

Shall - will so'zi o'rnida faqat 1-shaxsda ishlatiladi.

Can - hozirgi va kelasi zamonda "qo'lidan kelmoq" so'zi.

Could - "can" so'zining o'tgan zamon shakli.

May - hozirgi va kelasi zamonda "mumkin" so'zi.

Might - "may" so'zining o'tgan zamon shakli.

Must - shaxsiy fikrga ko'ra "shart" degan so'z. Hozirgi va kelasi zamon uchun.

Should - "afzal" so'zi.
Would - taklif qilish ma'nosidagi so'z.

Yuqoridagi so'zlardan so'ng hech qachon "to" qo'yilmaydi. "To" doim qo'yiladigan alohida birikmalar bor, ular quyidagilar:
Had to - "must" so'zining o'tgan zamon shakli.

Going to - "moqchi" degan ma'noni anglatadi.

Have to - xohlasak ham, xohlamasak ham zarur bo'lgan, qat'iy belgilab qo'yilgan qoidani bildirgan holda, "zarur, kerak" degan ma'noni anglatadi.

Has to - "have to" birikmasi o'rnida he/she/it uchun ishlatiladi.

Want to - xohlamoq, istamoq.

Would like to - xohlamoqning xushlamoq bilan birlashgan holati desak ham bo'ladi.

Present continuous (davomiy hozirgi zamon) va past continuous (davomiy o'tgan zamon) fe'llarida harakat so'zlariga "ing" qo'shiladi, chunki gap davom etayotgan suratda aytilayotgan bo'ladi.
Yuqorida keltirgan 9 xil so'zimiz ishtirok etganda "To be" qo'yilmaydi, boshqalarida qo'yiladi.

@InglizTili_IELTS_uz - Ingliz tilini birga oʻrganamiz!