🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

QIZLARGA O'RGATING. Sendan keyin erkak kishi bo'lsa, narvonga | ツ

QIZLARGA O'RGATING.

Sendan keyin erkak kishi bo'lsa, narvonga chiqma. Bir chetda tur. Erkak chiqqanidan so'ng, undan keyin sen chiq! Liftda begona erkak bo'lsa, liftga chiqma. U chiqsin. Keyingi safar sen chiq! Amakingni o'g'li, tog'angni o'g'li, xolangni o'g'li bilan qo'l berib ko'rishma! Gaplashadigan kishing bilan doimo kerakli masofani saqla! Qanchalik yaqin bo'lmasin, kishilar bilan muomala qilganingda chegarani saqla. Sen bor joyga kattalar kirsa diqqatli bo'l. Kattalarni hurmat qil. Qariyalarga o'rningni ber! Ko'chada otadan boshqa erkaklar begonadir. Ular bilan gaplashish shart emas. Qarindosh bo'lsada, qalbi kasallar ko'p! Biror do'konda og'irroq narsani ko'tarmoqchi bo'lsang "ruku" qilgandek egilma. Oldin o'tirib, keyin ko'tar. Mana shu yaxshiroq bo'ladi. Ko'rinishing xunuk bo'lmaydi! Avtobus yoki taksida butun hayotingni doston qilma. Ovozingni ko'tarma! Ba'zilar yuqoridagi ishlarni yo'qolib ketgan, eskilik sarqitlari deb qaraydi. Ammo bizga tushgani ularni o'z o'rniga qaytarishdir. Bular buyuk dinimizning asl o'zaklaridandir!
Alloh xotin-qizlarimizni fitnalardan asrasin!

#yaqinimdan_eslatma !