Get Mystery Box with random crypto!

Hamma o'zida borini ulashadi... Bir kishi olma bogʻli yangi h | ツ

Hamma o'zida borini ulashadi...

Bir kishi olma bogʻli yangi hovli sotib olganidan juda xursand edi. Biroq yon qoʻshnisining hurmacha qiliqlari kayfiyatini buzardi: goh eshigi oldiga axlat toʻkardi, goh darvozani bejardi.
Bir kuni yangi uy sohibi yaxshi kayfiyat bilan uygʻonib, tashqariga chiqdi. Darvozasi oldida bir chelak axlat turardi. U bir oz oʻylanib turgach, chelakni axlatxonaga boʻshatib keldi va yaltiragunicha tozalab yuvdi. Soʻng eng sara olmalar bilan toʻldirdi va qoʻshnisining eshigini qoqdi. Bundan qoʻshni quvonib ketdi: “Nihoyat, jigʻiga tegdim. Hozir janjal boshlanadi”, – deya eshikni ochdi. Qarshisida turgan qoʻshni unga bir chelak olma tutdi va dedi:
–Har kim oʻzida borini birovga ham ilinadi. Bizda bori shu... olmalar!

Hammaga ulashing

@iqro_m