🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

'Birodarlar bilan harakat qilsangiz, ishingizda baraka bo'ladi | ISAYEV SCHOOL

"Birodarlar bilan harakat qilsangiz, ishingizda baraka bo'ladi" — butun dunyoda riboni kamaytirishni maqsad qilgan IMAN Invest kompaniyasi asoschisi bilan suhbat

Halollik bilan
qilinayotgan ish o'z barakasi bilan birga yaxshi daromad ham olib kelishiga shubxa yo'q. Atrofdagilarni ham halollikka undash va insonlarning mushkulini aritishga qaratilgan mehnat qilish musulmon o'laroq, har birimizning vazifamizdir. Jamiyatga doir mavzularda suhbat tashkil etib kelayotgan ko'rsatuv — "Osmondagi bolalar" loyihasining 14-soni ham sizning bir nechta mavzulardagi fikrlaringizning yanada teranlashishiga turtki bo'lishiga ishonamiz.

Ko'rsatuvning 14-son mehmoni Jahon bankidagi faoliyatidan so’ng, hozirda Islomiy moliya sohasida faoliyat olib borayotgan, O’zbekistondagi birinchi halol, investitsion kompaniya — IMAN Invest (imaninvest.com) asoschisi, startaperRustam Rahmatov bo'ldi.

Loyiha mehmoni ko'rsatuv davomida qanday qilib o'zbek startapi Amerikadan 2 million dollar investitsiya jalb qila olganligi, bank tizimlarining qanchalik halollik bilan ishlashi, islomiy moliyaning mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'siri xususida o'z fikr va qarashlarini bildirib o'tdilar.

Suhbatning to'liq videosini ko'rib, Rustam Rahmatov tomonidan maxsus sovg'a egasi bo'lishingiz mumkin!

Premyera bugun soat 21:00da bo'lib o'tadi!

Havola: