🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

IELTS'ga sarflangan pullarni qanday qaytarib olsa bo'ladi? | | SAT & IELTS |

IELTS'ga sarflangan pullarni qanday qaytarib olsa bo'ladi?

O‘zbekiston fuqarolari imtihonda 7+ ball to‘plab, IELTS narxini to‘liq qaytarib olishlari mumkin.

Nima qilish kerak:
Istalgan davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuring yoki my.gov.uz saytiga kiring.
Saytning "Ta'lim" bo'limida "Xalqaro imtihonlarni topshirish uchun sarflangan xarajatlar uchun kompensatsiya" bandini tanlang.
Shaklni to'ldiring va pdf formatidagi bir nechta hujjatlarni ilova qiling: test to'lovi kvitansiyasi, IELTS sertifikati.

Ariza 15 kun ichida ko'rib chiqiladi, tasdiqlash esa SMS shaklida keladi. So‘ngra siz pulingizni Xalq Bankining istalgan filialida yechib olishingiz mumkin.

Kompensatsiya uchun arizalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi, 31 yoshga to‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan qabul qilinadi.

Bu Yoshlar bilan ishlash agentligining talabalar uchun qaratilgan ajoyib tashabbusi. Albatta ushbu xizmatdan foydalaning!

#TakeIELTS

Манба: British_Council_Uz

@elyurtumidifoundation