🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​#IELTS #General #English #useful IELTS haqida 4 | My team (Jack Hobbs)©

​​#IELTS
#General #English
#useful


IELTS haqida 4

Bugun IELTS ning uzun yo'li haqida gaplashamiz...

Ko'pchilik IELTS olish uchun bir necha yillar davomida, turli xil kitoblarni o'qish kerak deb hisoblashadi. Turli kitoblarni o'qish to'g'ri gap lekin bir necha yil ketishi to'g'ri emas. Hozir 0 dan IELTS darajasigacha qanday chiqish mumkinligini, aniqrog'i, shu uzun yo'lni tushuntirib beraman.

Tayyor bo'lsangiz boshladik ...

Eng avvalo bu yo'lni 4 ta qismga bo'lib olishni tavsiya qilaman:

Kirish!
Agar sizda umuman ingliz tili haqida tushuncha bo'lmasa, boshlang'ich kitoblardan boshlashingiz kerak. Bunday kitoblarning turi ko'p. Masalan, Murphy yoki "Английский язык для детей". Bunday kitoblarga unchalik ko'p vaqt safrlashingiz shart emas. Asosiy tushunchalar va strukturalarni o'zlashtirishning o'zi yetarli bo'ladi.
Davomiyligi: maks. 2 oy.
Mohiyati: Ingliz tilini yuzaki ko'rib chiqish. Kelgusida nimalarni chuqur o'rganishingiz kerakligini chamalab olish.
! Agar sizda ingliz tili haqida maktabdan yaxshiroq bilim bo'lgan bo'lsa, unda bu qismni tashlab o'tsangiz ham bo'laveradi.

General English...
Bu bosqich ingliz tili o'rganish davomidagi eng uzun bosqich hisoblanadi va uni o'zini ham bir nechta boshqichlari bor. Ular: Elementary, Pre-intermediate, Intermediate, Upper-intermediate, Advanced.
Davomiyligi: o'rtacha 7 oy.
Aynan General Englishni o'qish uchun juda ko'plab materiallar bor. Quvonarlisi shundan iboratki, bu kitoblar tayyor tartiblangan.
Adabiyotlar: Straightforward, Solutions, Destination, New English File, Round-up va h.k.z.
Mohiyati: Umumiy ingliz tili (grammatika, so'z boyligi, eshitish, o'qish, gapirish va yozish) qobiliyatlarini shakllantirish va uni rivojlantirish.

Pre-Ielts...
Bu bosqichni General Englishni to'liq tugatib keyin boshlashni tavsiya qilaman.
Mohiyati: IELTS ning umumiy tarkibi, uning ahamiyati, savol turlari va ularning yechish usullarini o'rganish.
Davomiyligi: 1 oy.
Adabiyotlar: Foundation, IELTS Master, IELTS strategies va h.k.z.

IELTS...
Va nihoyat oxirgi va hal qiluvchi bosqich. Bu bosqich faqatgina practice qilishdan iborat bo'ladi...
Davomiyligi: 2 oy. Lekin shaxsiy holatingiz va maqsadingizga qarab muddatni uzaytirishingiz mumkin bo'ladi.
2 oy vaqt davomida iloji boricha ko'proq Sample Test lar ko'rishingiz kerak. Foydalanishingiz mumkin bo'lgan resurslar soni ko'p, lekin, eng ma'quli va rasmiy manbaa bu Cambridge IELTS 1-16 hisoblanadi.

Demak, umumiy hisob kitob qilib ko'rsak 0 dan IELTS 6,0+ holatiga chiqish uchun 1 yil yetarli. Yuqorida ko'rsatilgan yo'l bilan xattoki self-study qilsangiz ham bo'ladi. Lekin, o'qituvchining o'rni boshqacha, ayniqsa, shaxsiy intizomga unchalik amal qilmasangiz.

Yuqorida ko'rsatilgan yo'ldan yurib ko'ring. Insha'Allah foydali bo'ladi. Ulkan maqsadlarimiz mavjud bo'lgan bir vaqtda, qimmatli vaqtimizning 3-4 yilini IELTS uchun sarflashimiz unchalik ham to'g'ri yo'l emas deb o'ylayman!

Agar bu yo'lda yolg'iz yurishni istamasangiz, biz bilan sherik bo'lishingiz mumkin. Hudo hohlasa sentyabrdan kurslarimizga start beramiz.


Post foydali bo'ldi degan umiddaman. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun kanalga do'stlaringizni ham taklif qilsangiz yoki postni o'z kanallaringizda repost qilsangiz xursand bo'lar edik!

Join us: English with Jack Hobbs