🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Fikrlar Online Guruh talabalaridan ham fikrlar kela boshladi | My team (Jack Hobbs)©

Fikrlar
Online Guruh talabalaridan ham fikrlar kela boshladi

Assalomu alaykum varohmatulloh!

Men Javohir aka Habibullayev tomonidan tashkil qilingan va ajoyib tarzda davom etib kelayotgan ingiliz tili kursi haqida o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashish niyatidaman.

Men Javohir akaning kursida atiga 1 oygina(elementary kursida) shug'ullandim, tabiiyki hozirgi ta'til vaqtini hisobga olgan holda kurslar online shaklda ( zoom+ telegram messenger) olib borildi. Menga darslar juda yoqdi, negaki darslar ma'lum bir strategik reja asosiga qurilgan, aniq bir tartib bilan olib borildi. Bilasizlarki, tartib-intizom bor joyda o'sish, yuksalish bo'ladi.

Bir oy davomida kurs boshida rejalashtirilgan hamma darslarni o'rganib tugatdik, har darsda listening va reading bo'yicha mashqlar, grammatik yangi ma'lumotlarni ko'rib bordik.


Oraliq va yakuniylar ( shunchaki daxshat) Savollar ajoyib, kishini zeriktirmaydigan, til o'rganish hafsalasini sovutmaydigan darajada! Eng muhumi javoblar ( mandat )ni 2-3 kun kutmaysiz, 2 soatdan keyin chiqadi


Elementaryni tugatdik, in shaa Alloh, sentabr oyidan kursni kelgan joyidan davom ettirish uchun Javohir aka Habibullayevning ofline kurslariga ham yozildim, nasib bo'lsa oxirigacha davom etamiz

Bu fikrlar atiga bir oylik-online kurs haqida edi! Offline, tartibli, muhokamali bo'ladigan butun bir yillik kursni endi asta tasavvur qilaverasiz!

....


Salomat bo'linglar!

Abu Bakr Umarov