Get Mystery Box with random crypto!

Chet elda yashashning minuslari Dugonam Yevropaga grant yutib | Jakhona Umarova | Blog

Chet elda yashashning minuslari

Dugonam Yevropaga grant yutib bir oycha muddat uyerda yashaganida rossa havas qilgan edim. Mazza qilgan boʻlsang kerak degandim. U esa "yoʻq, oilamni juda sogʻindim" deb aytgan edi. Oʻshanda uni tushunmagan edim. Men sayohatga chiqsam oila sogʻinchi unchalik bilinmas edi, chunki har doim oldimda oila aʼzolarimdan biri men bilan birga boʻlar edi. Bu safar yolgʻiz oʻzim qoldim, Alhamdulillah singlim uchib keldi. Lekin baribir koʻnglim taskin topmadi. Hattoki dengiz ham qalbimga sokinlik bera olmadi. Uyimni, oilamni juda sogʻindim. Eng kerakli vaqtda oldilarida boʻla olmaslik...

Ovqatlariga ham oʻrganish qiyin, bemaza. Uyingdagi taomlarga yetmaydi.

Oylab, yillab oilasini koʻrmay yashayotganlarning sabr-bardoshiga qoyil.

Balki Alloh bilib menga chet elda oʻqish grantlarini, yashab qolish imkoniyatlarini bekorga nasib ettirmagan. Chunki men oilamdan uzoqda yashay olmasligimni, bu azobga chiday olmasligimni bilib nasib ettirmagan ekanda.

Alhamdulillah