🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

'Adaa eting bahoyimi qoʻybersinla'. Qattiq qoʻl oʻqituvchi | Jakhona Umarova | Blog

"Adaa eting bahoyimi qoʻybersinla".

Qattiq qoʻl oʻqituvchimiz bor edi tilshunoslik fanidan universitetda, birorta talaba ulardan yaxshi baho olishi amri mahol edi.

Obroʻli dekanimizni oʻgʻli borligini bilmagan edim. Ustozimiz dekanning oʻgʻlining xulqidan, darsga qatnashmasligi va unga tayyorlanmasligidan dekanga shikoyat qilayotgan edi. Shunda oʻgʻli "Adaa eting bahoyimi qoʻybersinla" deb adasiga erkalik qilayotgandi.

Kap-katta yigit otasiga shunaqa erkalik qilsa gʻalati koʻrinar ekan.
Oʻzbek qiz-yigitlariga bunday sharmandalik mutlaqo yarashmaydi.

Kimsan dekan soʻragandan keyin "yoʻq" deb boʻladimi, albatta ishi tez hal boʻlgan.

Qachongacha oʻqituvchilar kimningdur farzandi shu bahoga noloyiq boʻlsa ham obroʼli inson boʻlganligi uchun ularning "buyruqlarini" soʻzsiz bajarishi kerak?

Xullas, qarindoshlar, ota-onangizning mansabi, obroʼsidan foydalanmasdan oʻzingizning aql-idrokingiz, salohiyatingiz va mehnatingiz bilan har qanday baho va yutuqlarga erishing aziz qiz va yigitlar.


@jakhona_umarova