Get Mystery Box with random crypto!

Bu yil bir sohaga talab katta bo'lsa keyingi yil ham shunday b | 🇺🇸 Khabibullaev | Ready to go?

Bu yil bir sohaga talab katta bo'lsa keyingi yil ham shunday bo'ladi degani emas!

Hozir deyarli hamma yoshlarning fikri IT tomon qaratilgan.
Nega?
"Kelajakda katta talabga ega bo'ladigan soha"

Hatto ba'zi yoshlar bu sohaga kelajakda katta talab bo'ladi, yoki bu soha ortidan yaxshi daromad bo'ladi degan tushunchada bir paytlari o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini ham unutib yuboryabdi.
Bu soha bo'yicha hech qanday negativ fikrim yo'q, hatto bu sohaga o'zim ham qiziqaman. Lekin asosiy bildirmoqchi bo'lgan fikrim bu sohani aynan kelajakda katta talab bo'lishi uchun yoki katta daromad uchun tanlashlariga qarshiman. Har kim ham o'z sohasida yetuk mutahasis bo'lsa har qanday holatda ham daromad va talab bo'laveradi. Agarda kelajakda katta talab bo'lsa ham, daromadi bir uy $ bo'lsa ham lekin qilayotgan ishingizga mehringiz bo'lmasa hammasi bir pul.
Har bir insonni bir sohaga qiziqishi, qobiliyati bo'ladi. Alloh ko'nglingizga solgan sohani aldoqchi g'oyalarga alishmang!

Mukhammad Khabibullaev

@khabibullaev4