🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Hozir onlayn kurslar ko’payib ketdi. Hamma tarafda onlayn kurs | Speaking for IELTS

Hozir onlayn kurslar ko’payib ketdi. Hamma tarafda onlayn kurslar.
Men
— Onlayn kurslar ko’payibdi: xo’sh nima qilibdi? Onlayn kurslar ko’payishi yaxshiku
• bepul darslar ko’payadi
• foydali content lar ko’payadi
• chekka qishloqdagilar ham sifatli ta’lim ola oladi
• arzon kurslar ko’payadi
• sog’lom raqobat bo’ladi
• yangi ish o’rinlari ochiladi


Ular soqqani qilib yotibdi va emotsiya bilan o’ynashmoqda.
Men
— Hamma mehnatiga yarasha va Allohni bergan risqini olmoqda. Men 2 yildan ko’proq vaqtdan buyon online ta’limda muntazam ravishta kurs ochib kelayotgan ustoz sifatida ayta olaman
• gap sotadigan
• motivatorlik qilayotgan
• faqat pul ishlamoqchi bo’lgan
• emotsiya bilan o’ynashgan va yolg’on gapirgan
larni kurslari uzoqqa bormayapti va bir necha oyda yopilib ketmoqda.


Sotib olmang (tavsiya)
— Natijaga garantiya bergan ustozdan
— General English ustiga qurilmagan kursdan
— Advice-based course dan
— Haqiqiy tizimli o’quv rejaga ega bo’lmagan ustozdan


Masulyat
— Ustoz bo’lish bu juda juda katta masulyat. Chunki, biz ko’pincha qiynalib turgan xalqni pulini olyapmiz.


Hozirgi o’quvchilar orasidagi oddiy xatolar
— O’quvchilar qisqa mudattda yaxshi natija qilishni xohlayapti
— Darajasi IELTS ga yetmasada, IELTS kurslarini boshlab yuborish
— Ota onasini bosimi sababli, erta IELTS ga register qilib qo’yishlik
— General English ga etibor bermaslik
— Tez tez o’quv markaz yoki ustoz almashtirishlik
— Imtixoni yaqinligi va vaqti kamligi sababli qandaydir magical way yoki judayam easy way axtarishga tushishlik
— Study plan i yo’qligi
— Discipline yetishmasligi


O’quvchilardan iltimosim
— Aytaylik bitta kursga yozilmoqchisiz. Ustozni
• dars o’tishini
• o’quv rejasini
• dars materiallarini
• o’quvchilarini kurs bo’yicha fikrini
• o’quvchilarini natijasini
ko’rdingiz va ishonch hosil qilib yozildingiz.

Ana endi, sizdan iltimos. Kun tartibingizni to’g’irlab, yaxshi time management qilib, keyin kursni oxiricha successfully tugatishga harakat qiling. Shunda ishoning, sizda albatta o’sish bo’ladi. Agar o’quv markaz yoki ustoz almashtirib yursangiz IELTS ga tayyorlanish jarayoningiz cho’zilib ketishi katta ehtimolli.


Ko’ra olmaslik
— Kimdur muvaffaqiyatli bo’lib ketaversa, uni ko’ra olmasdan hasad qilmang. Undan ko’ra, jamiyatimizda bir inson hayotda o’z o’rnini topdi, bizga ham nasib qilsin deb havas qiling.

Bitta real misol keltiraman. Bazan o’quvchilarimni natijasini kanalga tashlasam, bazilar menga ham nasib qilsin deyish o’rniga, ichidan yonadi va ko’ra olmaslik qiladi

Bazilar, online ustozlar soqqani bosyapti deydi.
— Qanday ? Yuqorida aytganim kabi hamma o’z mehnatiga yarasha va Allahni bergan risqini olmoqda.
• agar ustoz zo’r chiroyli dars o’tib qo’yib
• agar ustoz kursni sifatida ishlab, tizimlashtirib chiqqan bo’lsa
• general English ustiga kurs qurgan holda kurs ochgan bo’lsa
Haloli bo’lsin deyish kerak. O’quvchilar ham juda sodda va ahmoq emas, ular ham farqiga boradi aynan qanaqa kurs sifatli va qanaqa kurs sifatsiz ekanligini.


Matonat
— Bazan onlayn ta’lim berish juda qiyin.
• reklama, admin, support teachers, graphic designer, o’quvchilar savoliga javob berishlik, kurs materials tayyorlashlik
• bir vaqtda kanal yuritishlik, shaxsiy hayot, university va hokozo….

Endi, hammasiga ulgurish uchun kursni tizimlashtirib chiqish kerak va bazan matonatni ham ko’rsata olishiz kerak.

Pul yo’q joydan kelishi, shukronalik va ochiqlik
— Allohga shukur, ishimni sevaman va o’ylaymanki men teaching uchun tug’ilganman.
— Allohga shukur, Alloh menga savobli kasb berdi
— Allohga shukur, hozirgi vaqtda Alloh menga ishimda omad bermoqda

Bazan, teligramimga qarayman, bazi o’quvchilar kurs bo’yicha malumot so’ragan bo’ladi. Men, atiga 2 yoki 3 daqiqa vaqt ajratsam, 300,000 yoki 350,000 sums topaman. Lekin, bazan dankasalik yoki bazan haqiqatdan ham vaqtim bo’lmaydi javob berishga.

Shu 6th January va 27th January ochilgan kursimga jami 705 ta o’quvchi yozilipdi va hozir hisobladim, umimiy foydam 95 mln sums bo’libdi. Bu hammasi, qadrli do’stlar sizlarni menga ishonchingiz va ota onamni duosi sababli deb bilaman.