Get Mystery Box with random crypto!

To'g'ri maqsad qo'ying. Xo'sh, til o'rganish uchun harakat bo | Kimdir Aytgan Edi

To'g'ri maqsad qo'ying.

Xo'sh, til o'rganish uchun harakat boshladingizmi? Maqsad qo'ydingizmi? Haligacha yo'qmi? Demak sizda boshlash yo'lida qandaydir arzimas to'siqlar, tushunmovchiliklar bor. Balki, istak kuchli emas, balki uddalay olmayman degan tushuncha bordir? Balki telefon va telegram orqali o'rganish imkonsiz degan fikrdasiz? Ishonavering bu usul samarasiga tez vaqt oralig'ida amin bo'lasiz. Til o'rganishda sizga to'siq bo'layotgan muammolarning ro'yxatini tuzib, tahlil qiling. Balki sizga oddiygina dangasalik xalaqt berayotgandir? Nima bo'lganda ham maqsad uchun kurashni boshlang.
Oddiygina harakatni boshlang. Natijasidan o'zingiz ham qoyil qolasiz. Zero, kimki chin dildan intilsa, barcha tilaklari ushaladi, degan oqilona fikr bor.
Shunday ekan, maqsad sari olg'a!

@sardordavlatov