🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​​Kambagʻallar shifokori kimligini bilasizmi? Muhammad Musho | Kimdir Aytgan Edi

​​​Kambagʻallar shifokori kimligini bilasizmi?

Muhammad Musholiy kambagʻallar shifokoridir. 1967 yilda tibbiyot fakultetini tugatgan. 99,3% bilan birinchi oʻrinni olgan.

Muhammad Musholiy 50 yildan beri oʻzining Tantodagi qabulxonasida bemorlarni qabul qiladi. Ularga hatto dori-darmon sotib olishlari uchun pul ham beradi. U faqir bemorlaridan 10 junayhdan ortiq pul olmaydi. 10 junayh 1 dollardan kamroq boʻladi.

Uning kamtarona qabulida har kuni yuzlab bemorlar navbatda saf tortib turishadi. Doktor Muhammad har kuni 10 soat ishlaydi. Uning mashinasi yoʻq. Yoshi 80 dan oʻtganiga qaramasdan uyidan qabulxonasigacha piyoda boradi. Koʻrfaz boylaridan biri u haqida eshitib 20 ming dollar va bitta yaxshi mashina sovgʻa qilganida u pullarni bemorlariga tarqatib mashinani sotib asbob-anjomlar, bemorlarini tekinga tahlil qilish uchun tahlil jihozlari sotib olgan.

Arab telekanallaridan birida “Qalbim xotirjam boʻldi” deb nomlangan teleloyiha bor. Unda Amirliklardan bir yigit nomini yashirib, yuzini koʻrsatmasdan faqirlarga katta-katta ehson qilib yuradi. Kimgadir uy olib beradi. Kimningdir qarzini toʻlab beradi. U oʻzini Gʻays deb tanishtiradi. Ana shu yigit doktor Muhammad haqida eshitib uni topib keladi. Unga 1000000 junayh beradi. Doktor Muhammad “men otamga ahd berganman”, deb pullarni olmaydi. Koʻrsatuv ijodkorlarini va Gʻaysni yetimlar bor boʻlgan tomonga yoʻnaltirib yuboradi.

Doktorning muxlislari “unda sahobalar xislatini koʻramiz” deyishadi.

Doktor Muhammad Musholiy aytadi: “Tibbiyot fakultetini bitirganimdan soʻng ayon boʻldiki, otam meni shifokor qilish uchun oʻzlari davolanishlari lozim boʻlgan pullarni ishlatgan ekanlar. Shundan soʻng faqir va yoʻqsillardan bir qirsh ham olmayman deb ahd berganman”.

@kimdiraytganedi