🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak bo | 👨‍💻KompyuterInfo💻

Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.

Algoritm, algoritm – maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda o‘nli sanoq tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani Algaritm deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga 9-asrda al-Xorazmiy tomonidan kiritilgan. Yevropada bunday qoidalar uning tug'ilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida "algorizm" deyilgan), keyinchalik "algoritm"ga aylangan" (akademik A. N. Kolmogorov). Fanga "Yevklid algoritmi", "G‘iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi algoritmlar maʼlum.

Dasturlashni Algoritmdan boshlang.