Get Mystery Box with random crypto!

Windows 11'ni norasmiy manbalardan yuklab olish va o'rnatish o | 👨‍💻KompyuterInfo💻

Windows 11'ni norasmiy manbalardan yuklab olish va o'rnatish oqibati

Windows 11 taqdim qilinganidan keyin, uning Windows Insider'lari uchun ham rasmiy versiyalari chiqarildi. Ammo tushunmaganlar, bilmaganlar Windows 11'ni rasmiy manbalardan emas balki, boshqa norasmiy manbalardan yuklab olishmoqda va albatta, kiberjinoyatchilar bunday vaziyatdan foydalanib qolishga urinishmoqda.

Kaspersky'ning xabar berishicha, Windows 11 build 21996.1 x64 + Activator nomli 1.75 GB hajmdagi Windows 11 o'rnatuvchisi foydalanuvchilarni zararli dasturlar bilan "siylamoqda" ekan.

Foydalanuvchi 1.75 GB hajmdagi o'zi ishonchli deb bilgan Windows 11'ni o'rnatuvchisini ochadi, o'rnatuvchi esa yana boshqa o'rnatuvchi faylni yuklab oladi va ikkinchisi hatto litsenziya shartlari bilan keladi.

Undagi litsenziyani qabul qilsangiz, unda yozilgan yana boshqa TakeMyFile dasturini yuklash va o'rnatishga rozi bo'lgan bo'lasiz. Litsenziya shartlarini kim o'qiydi? Juda kamchiligimiz o'qiymiz.

Ana shunday qilib kompyuteringiz troyanlar, parol o'g'irlovchilar va boshqa zararli dasturlar bilan to'lib qolganini sezmay qolasiz.

Xo'sh, Windows 11'ni kompyuterimga to'g'ri yo'l bilan qanday o'rnatishim mumkin? Buning uchun sizda Windows 10 o'rnatilgan kompyuter bo'lishi kerak. Undan siz Sozlamalar bo'limiga o'tishingiz va Insider Program'ga qo'shilishingiz kerak. Keyin kompyuteringizni yangilasangiz, u Windows 11 22000 versiyasiga yangilanadi. Shunda sizning barcha fayllaringiz, dasturlaringiz saqlanib qoladi.

Iltimos crack, piratskiy va norasmiy manbalardan olingan dasturlardan foydalanmang!