🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Sizlarga mamnuniyat bilan 2022 yil Sentabr oyidan 'Lang Apex' | LangApex/Dombit/Namangan

Sizlarga mamnuniyat bilan 2022 yil Sentabr oyidan "Lang Apex" o'quv markazimiz qoshida Ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan "Lang Apex" maktabining ochilayotgani haqida ma'lum qilamiz!

Ushbu maktab o'quv markazimizning ko'p yillik tajribasidan kelib chiqib, xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan holda tashkil etiladi. Maktabimiz Axborot Texnologiyalari (IT) va Matematikaga ham ixtisoslashgan. Darslar asosan Ingliz tilida olib boriladi. Rus tili esa xorijiy til sifatida o’rgatiladi.

Maqsadimiz - o'quvchilarni xalqaro ta'lim standartlariga mos keladigan bilim va ko'nikmalar bilan ta'minlash. Natijada, maktabni tamomlagan o'quvchilar xalqaro maydonda bellasha oladigan bo'lib, SAT, IELTS va boshqa xalqaro imtihonlardan ham yuqori natijalarga erishish salohiyatiga ega bo'ladilar.

Maktabimizda tajribali o'qituvchilar bilan birga farzandingiz uchun kerakli shart-sharoitlar mavjud.

Farzandingizning muvaffaqiyati sari qo'ygan ilk qadamlaridayoq hissamiz bo'lishidan xursandmiz!

@LangApex_maktabi
official