🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

U shunchaki bilmaydi. 1. Atrofimizdagi barcha yovuzlik, yomo | 𝐋𝐢𝐧𝐠𝐮𝐚𝐥𝐞𝐬𝐬𝐨𝐧𝐬 | Ramazon muborak

U shunchaki bilmaydi.

1. Atrofimizdagi barcha yovuzlik, yomonlik, senga yoqmaydigan hodisalar bu - odamlarning bilmasligidan.

2. Har holda shunday o'ylasang odamlardan xafa bo'lmay qo'yasan. Balkim ularga ta'lim berish yo'lini tanlaysan.

3. O'g'ri birovni moliga nega ko'z olaytiradi? Chunki xarom unga yuqmasligini bilmaydi. Yoki o'g'rilikdan boshqa tezroq boyish yo'lini bilmaydi. Yoki nafsi va shaytonini qo'lga olish usullarini bilmaydi. Balkim barchasini bilmas.

4. Toshtemir nega maqsadlariga erisha olmaydi? Balki u maqsadlarini bilmas? Balki uning hozirgi maqsadlari befoyda ekanligini bilmas? Yoki natija Allohdan kelishini bilmaydi. Yoki vaqtini samarali ishlatish usullarini bilmaydi. Yoki harakatning naqadar muhimligini bilmaydi. Xullas sabab bilimsizlikka borib taqalaveradi.

5. Bilimsizlikni davolashda birinchi qadam - o'qish emas, afsuski. Bu - bilmaslikni tan olishdir. Kamtarlikdir. Kundek ravshan narsa bu, lekin o'z bilimsizligini tan olmaslik keng tarqalgan kasal. Chunki kasallik egalari uning zararlarini bilmaydilar.

6. Suhbatlaringni esla. Qachon odamlardan "bilmadim" degan iborani eshitding? Sinov o'tkazib ko'r - suhbatdoshlaring umuman tushunmaydigan sohalarda, voqealarda, yangiliklarda ularning fikrini so'rab ko'r. Juda kam odamdan - bilmadim javobini olasan. Odatda bu javobni berganlar eng aqlli insonlar bo'lib chiqadi.

7. Odamlar xato qildimi, jerkib berma. Ularga xatolarini ko'rsat va bilimsizliklarini yo'qot. Bilimsiz ekanliklarini tan olishmayaptimi? Bu kibrning belgisi. Menimcha bu holatda sen yordam bera olmaysan.

8. -Men o'zimni bilimsiz ekanimni qanday qilib sezib olsam bo'ladi ustoz?
-Bilmadim.

@azizrakhimov_blog