🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​​​​Mandat kunin kutayotganlar. Balki bilmas umr oʻtganin Mo | Lucky Language Centre

​​​​​Mandat kunin kutayotganlar.

Balki bilmas umr oʻtganin
Mol-dunyoni quvayotganlar.
Sanayapti har bir lahzani
Mandat kunin kutayotganlar.

Oza-oza boʻlib ketdi choʻp
Gʻamdan “roʻza tutayotganlar”.
Har qadamda asabiy bir toʻp -
Mandat kunin kutayotganlar.

Kitobini oʻqimay qoʻydi
Test-masala yechayotganlar.
Endi faqat taqvim “oʻqiydi”
Mandat kunin kutayotganlar.

Ne qilarin oʻylaydi. Bilmas.
Yotdir yoʻlda ketayotganlar,
Koʻchaga ham chiqqisi kelmas
Mandat kunin kutayotganlar.

Yuz-u sakson toʻqqiz ball toʻplab
Oʻzlaridan ketayotganlar -
Yuridikka topshirgan koʻplab
Mandat kunin kutayotganlar.

Bari birdek - qirqqa, oʻttizga,
Oʻn sakkizga oʻtayotganlar.
Xudo sabr bersin-da sizga,
Mandat kunin kutayotganlar.

Kamoliddin Azzamov

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Sahifamizga qo'shiling

https://t.me/joinchat/AAAAAEqdgz9bZOF2EA4iLg