Get Mystery Box with random crypto!

Ronaldo sabab bo'lmadi Eng boy va eng muvaffaqiyatli atlet, K | BrandAD™

Ronaldo sabab bo'lmadi

Eng boy va eng muvaffaqiyatli atlet, Krishtianu Ronaldo 14-iyun kuni bo'lib o'tgan press konferensiya davomida stol ustida turgan ikkita Coca-cola butilkasini kadrdan olib qo'yadi.
Bu xarakat, ba'zi nufuzli nashrlarning yozishicha, o'sha kuni Coca-cola aksiyalarining narxi $56.16 Dan $55.15 gacha keskin tushishi oqibatida Coca-cola bozor kapitalidan $4 milliard yo'qotilishiga sabab bo'lganmish.
Lekin bu ikki hodisa rostdan ham bir-biriga bog'liqmi yoki shunchaki bir kunda yuz bergan lekin bir-biriga aloqasi bo'lmagan hodisalarmi?
Sal sinchkovlik bilan e'tibor berilsa, bu shunchaki tasodif ekani ayon bo'ladi.
Ronaldo qatnashgan konferensiya va butilkalarni kadrdan olib qo'yish voqeasi Markaziy Yevropa vaqti bilan 15:45 da yuz beradi. Bu vaqt esa Nyu Yorkda soat 09:45 va aksiyalar savdosi boshlangan edi.

Eng qizig'i soat 09:45 ga qadar bir kun avval $56.16 bo'lgan aksiya narxi $55.15 ga tushib bo'lgan edi. Coca-cola hatto Ronaldo konferensiyani boshlamasidan avval $4 milliard yo'qotib bo'lgan edi.
Qaytanga konferensiyadan so'ng kun oxiriga qadar aksiya narxi $55.25 dan $55.55 gacha ko'tariladi. Bu esa $1.3 millard degani.
Boshqa faktga qaraydigan bo'lsak, kompaniya aksiyadorlarga o'z ulushlarini 14-iyun kuni tarqatgan. Odatda ham ulushlar berib yuborilganidan keyin aksiya narxida tushish kuzatiladi.
Xullas Ronaldo aybdor emas

MarketingMentor
@MakeMeTrend