Get Mystery Box with random crypto!

Mashhurlar va tarixiy shaxslar

Logo of telegram channel mashhurlarhayoti — Mashhurlar va tarixiy shaxslar M
Logo of telegram channel mashhurlarhayoti — Mashhurlar va tarixiy shaxslar
Channel address: @mashhurlarhayoti
Categories: Uncategorized
Language: English
Subscribers: 143
Description from channel

Dunyondagi tarixiy shaxslar va mashhurlar hayoti haqida batafsil, siz bilmagan ma'lumotlar faqat bizning kanalda!!!!

https://t.me/joinchat/AAAAAFd9YHGGa0U_mSaePA
Murojaat uchun: @Dvlatlaradminbot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


The latest Messages

2019-05-01 17:21:14 ​​Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Jek Ma tirishqoqlik, qat’iyat va yengilmaslik timsoli. Uni bekorga “Self-made” (ya’ni o’z kuchi bilan maqsadga erishgan) deb atashmaydi.
#Jek_Ma
@Mashhurlarhayoti
21.2K viewsDavlatlar, 14:21
Open / Comment
2019-05-01 17:21:14 ​​Uning quyidagi so’zlari kishini taajubga soladi.

“Mening eng katta xatoim, bu Alibaba kompaniyasiga asos solganim. Bu mening hayotimni qanchalik o’zgartirib yuborishini tasavvur ham qilmagandim. Men bor-yo’g’i kichik biznes tashkil qilishni niyat qilgandim. Ammo u ulkan biznesga aylanib ketdiki, mendan katta mas’uliyat talab qildi va katta muammolarga duch keldim. Men, biror-bir mamlakat prezidentidan kam ish qilganim yo’q. Yagona farqim, qo’limda prezidentda bo’lgani kabi hokimiyat yo’q. Shaxsiy hayotim ham yo’q. Shunday qarorga keldim, agar keyingi hayotimda tanlash imkoni bo’lsa, hech qachon bu yo’lni tanlamagan bo’lardim. Men ham hayotdan lazzatlanib yashashni xohlayman

Jek Ma
19.8K viewsDavlatlar, 14:21
Open / Comment
2019-05-01 17:21:14 ​​1999 – yil oktyabridan, 2000 – yil yanvari oralig’ida, Alibaba umumiy 25 million dollar venchur kapitali yutib oladi. Ammo shunga qaramay, Alibaba zarariga ishlashda davom etardi. Kompaniya, Xitoy ishlab chiqaruvchilariga, AQShda mijoz topish imkonini beruvchi loyihani ishlab chiqqanlaridan keyin daromad keltirishni boshlaydi va ishlari yurishib ketadi. 2002 – yili, kompaniya ilk bor foyda ko’radi va daromad 1$ ni tashkil qiladi. 2003 – yildan boshlab Ma Taobao, Alipay va Ali mama’ga asos soladi. Taobao kompaniyasining muvaffaqiyatli faoliyati va aksiyalarining ko’tarilishi ortidan, eBay Ma’ga kompaniyani sotib olish taklifi bilan chiqadi. Ammo, Ma bunga rozi bo’lmaydi va Yahoo asoschisi, Jerri Yang “Alibaba” kompaniyasiga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi. 2012 – yil, noyabrda Alibaba savdo tushumi 1 trillion yuandan oshadi.
#Jek_Ma
@Mashhurlarhayoti
17.7K viewsDavlatlar, 14:21
Open / Comment
2019-05-01 17:21:14 ​​ALIBABA GROUP

Ma 1998 – 1999 – yillarda, Tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlik vazirligiga qarashli, Xitoy xalqaro elektron savdo-sotiq markazini boshqargan.

1999 – yilda bu ishini tashlab, 17 ta do’stlari bilan birga, kichik va o’rta biznes tashkilotlari o’rtasida savdo-sotiq uchun mo’ljallangan “Alibaba Group” kompaniyasiga asos solgan. Kompaniyaga asos solish 60.000$ ga tushgan. Kompaniya nomi, barcha tillarda oson talaffuz qilinishi va xazina bilan bog’liq ertakning mashhurligi sabab tanlangan. Keyinchalik Ma’ning onasi, Alibaba alifbodagi birinchi harf bilan boshlanganligi sababli, katalog va ro’yxatlarda yuqori pog’onalarda turishini payqagan.
#Jek_Ma
@Mashhurlarhayoti
14.8K viewsDavlatlar, 14:21
Open / Comment
2019-05-01 17:21:14 ​​ALIBABA G’OYASINING TUG’ILISHI

Chjetsyan tumanining Aloqalar Departamenti tomonidan, savdo-sotiq delegatsiyasi tarjimoni sifatida, AQShning Sietl shahriga borish taklif qilinadi. Ma AQShda birinchi bor internet bilan tanishishga muvaffaq bo’lgan. Pivo so’zini qidirib ko’rganda, internetda birorta ham Xitoy pivosini topa olmagan. Xitoy so’zini qidirganda ham hech qanday ma’lumot topa olmagan va aynan o’shanda, mashhur Xitoy sayti yaratish g’oyasi tug’ilgan.

Ma o’z tarjimonlik markazi xizmatlari haqida internetda e’lon berishga qaror qilgan va bir necha soat ichida AQSh, Germaniya va Yaponiyadan 6 ta xat olgan.
#Jek_Ma
@Mashhurlarhayoti
13.4K viewsDavlatlar, 14:21
Open / Comment
2019-05-01 17:21:07 ​​Ma o’qituvchilikdan tashqari tarjimonlik bilan ham shug’ullangan va ma’lum vaqtdan keyin Hanchjou shahrining eng yaxshi tarjimoniga aylangan.

Keyinchalik, 1992 – yilda, “Haybo” tarjimonlik markazini ochgan. Moliyaviy muammolari bo’lganligi sababli, bir nechta tanishlarini ham jalb qilgan. Birinchi oydagi daromad 700 yuanni tashkil qilgan, harajat esa 2400 yuan. Sheriklari taslim bo’lib ishni tashlab ketishgan. Tinib-tinchimas Ma, kiyim-kechak, dori-darmon va shu kabi boshqa mahsulotlarni olib-sotish orqali biznesini saqlab qolishga muvaffaq bo’lgan. Tarjimonlik markazi oradan 3 yil o’tibgina foyda keltirishni boshlagan va hozirda Hanchjou shahrining eng katta professional tarjimonlik markazi hisoblanadi.
#Jek_Ma
@Mashhurlarhayoti
12.3K viewsDavlatlar, 14:21
Open / Comment
2019-05-01 17:21:07 ​​HECH QAYERGA ISHGA OLISHMAGAN.

Ma qayerga ishga kirishga harakat qilmasin, doim rad javobini olgan. Tashqi ko’rinishi tufayli, hattoki KFC’ga ham ishga olishmagan. Ammo, turmush o’rtog’i Jan Yin u qanday bo’lsa, shundayligicha sevadi va uni hali muvaffaqiyatga erishmagan vaqtlarda tanlagan.

Ma Yun (Jek Ma) chiroyli va ko’rkam emasdir. Ammo u, ko’rkam yigitlar qila olmaydigan ishlarga qodir
Jan Yin
11.3K viewsDavlatlar, 14:21
Open / Comment
2019-05-01 17:21:07 ​​Uning asl ismi Ma Yun bo’lib, Jek Ma deb sayyoh qiz atagan. Keyinchalik do’st bo’lib qolishgan.

GARVARD UNIVERSITETIGA 10 MARTA HUJJAT TOPSHIRGAN.
Garvard Universitetiga kirish uchun 10 marta hujjat topshirgan va har safar rad javobini olgan. Undan tashqari, kollej imtihonlaridan ham 2 marta yiqilgan. Bir safar 120 balldan 1 ball olgan. Sababi matematika bilan hech qachon “do’stlashmagan”. Uning so’zlariga ko’ra, haligacha buxgalteriya hisob-kitoblarini yaxshi tushunmaydi.
#Jek_Ma
@Mashhurlarhayoti
10.7K viewsDavlatlar, 14:21
Open / Comment
2019-05-01 17:21:07 ​​JEK MA (MA YUN)

Alibaba Group” asoschisi
Jek Ma 1964 – yil, 10 – sentyabrda, Hanchjou shahrining Chjetsyan tumanida, musiqachilar oilasida dunyoga kelgan.
Iqtisodiy tomonidan muammolari bo’lgani sababli sayyohlarga shaharni bepul ko’rsatish (Gid) orqali ingliz tilini o’rgangan. 9 yil mobaynida sayyohlarga shahar ko’rsatib, ingliz tilidan tashqari ko’p narsalar o’rgangan.
#Jek_Ma
@Mashhurlarhayoti
10.1K viewsDavlatlar, 14:21
Open / Comment
2019-05-01 17:21:06 ​​ALIBABA ASOSCHISI JEK MA

Jek Ma: “Mening hayotim xatolar va rad javoblaridan iborat. Meni hattoki KFC’ga ham ishga olishmagan. Tashqi ko’rinishim tufayli doimo rad javobini olar edim”.
9.6K viewsDavlatlar, 14:21
Open / Comment