🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

To'g'ri javob: 1. Barcha to'g'ri va betakror yechimlar mualli | Matematika fanidan milliy sertifikat

To'g'ri javob: 1.

Barcha to'g'ri va betakror yechimlar mualliflariga minnatdorchilik bildiramiz.

Bunday misollarni yechishning yana bir sodda usuli, ixtiyoriy o'zgaruvchiga a (yoki b, yoki c) ga son qiymat qo'yish kerak. Misol uchun c = 0.
Shunda a - 7b = 4
8a + 4b = 7 tenglamalar sistemasiga keladi. Va bundan a va b larni topishimiz mumkin.

Bu misolni geometrik jihatdan qaraydigan bo'lsak, tenglamalar bilan berilgan nuqtalarning geometrik o'rni tekislikdan iboratdir. Ya'ni ikkita tekislikning kesishishi. Bizga ma'lumki, ikkita tekislik kesishsa, ular to'g'ri chiziq orqali kesishadi. Demak, yuqoridagi sodda usulda c = 0 deganimiz va a va b ni topganimiz, ushbu to'g'ri chiziqdagi bir nuqta hisoblanadi. Umumiy holda esa tenglamalar sistemasi cheksiz ko'p yechimga ega.

@matematikadan_milliy_sertifikat