🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#fikr_yuritish_vaqti QARZ... Kichkinagina shaharchaga bir s | Matematika fanidan milliy sertifikat

#fikr_yuritish_vaqti

QARZ...

Kichkinagina shaharchaga bir sayyoh keldi va kichkinagina mehmonxonaga kirdi. Mehmonxona egasiga 100 dollar garov puli qoldirdi va xonalar bilan tanishishga kirishib ketdi. Mehmonxona egasi qoʻliga tushgan naqd puldan zudlik bilan foydalanishga ahd qildi. U yugurib borib qassobdan qarzini uzish uchun 100 dollarni uzatdi.
Qassob ham tezda borib fermerdan qarzini uzdi.
Fermer traktorini tuzatib bergan ustadan qarzini uzolmay xunob boʻlib oʻtirgandi.
Shaxdam qadamlar bilan ustaga pulni uzatdi.
Usta oziq-ovqat olaverib doʻkonchidan 100 dollar qarz boʻlib qolgani esiga tushdi va doʻkonchining yonida yuzi yorugʻ boʻldi. Doʻkonchi anchadan beri doʻkonni tozalab yurgan farroshning oyligini berolmayotgandi.
100 dollarni olgan farrosh ijara pulini toʻlash uchun mehmonxonaga yugurdi va xoʻjayinga pulni uzatdi. Xoʻjayin pulni olgan paytda yuqori qavatdan sayyoh tushdi va bu xonalar unga toʻgʻri kelmasligini aytib, pulini qaytarib olib, joʻnavordi.
Hech kim hech narsaga ega boʻlmagan boʻlsa-da, butun shaharcha qarzlaridan qutilgan va kelajakka ishonch bilan qarayotgan edi...

Qissadan hissa: Boshingizga keladigan har bir savdo behuda emas. Yaxshi kundan ham, ogʻir kundan ham hikmat izlang.

@matematikadan_milliy_sertifikat