🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#fikr_yuritish_vaqti Ayol tugʻildi: Oʻgʻil emas “Qiz” dedila | Matematika fanidan milliy sertifikat

#fikr_yuritish_vaqti

Ayol tugʻildi:
Oʻgʻil emas “Qiz” dedilar xomush,
Nega xomush? Otasi Oʻgʻil kutganmush!

Ayol ulgʻaydi:
Uyda oʻtir oʻqishing shartmas,
Uydagi yumushni eplay olgin bas!

Ayol sevdi:
Unutma, sevishga haqqing yoʻq aslo!
Ayolda yurak yo'q, qalbi yoʻq goʻyo….

Ayol turmush qurdi:
Kelinsan, gapirma, endi boʻl soqov
Soching supurgi boʻlsin, qo'llaring kosov!

Ayol farzand koʻrdi:
Mana senga farzand nomli baxt, endi oʻzingni unutgin.., unga yarat taxt!

Ayol qaynona boʻldi:
Aralashmang, yuring jim...
Arazlab ketmasin sevgan xotinim!

Ayol oʻldi:
Dedilar: Nega tashlab ketdingiz,
Nega ortda qolganni koʻzin yoshlab ketdingiz?..

Ayolni haqqi yoʻq:
Oʻqishga, sevishga, oʻzin deyishga
Xatto ajal yetganda bir kun oʻlishga.

P.S. Ayollarni doimo asrab-avaylaylik, hurmat qilaylik. Zero, ayol borki, olam munavvar!

@matematikadan_milliy_sertifikat