🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#fikr_yuritish_vaqti Bugun shom namozidan chiqib kelayotgani | Matematika fanidan milliy sertifikat

#fikr_yuritish_vaqti

Bugun shom namozidan chiqib kelayotganimda: “Dadamning yuraklari yomon, davolanishlari kerak. Yaxshilar yordam qiling!”, deb mungli ovozda sadaqa soʻrayotgan oʻsmirga koʻzim tushdi. Oʻzimning hayollarim bilan chiqib, mashinamga oʻtirdim.

Biroz vaqtim borligi uchun mashinada oʻtirib tarjima qilayotgandim, mendan bir metr naridan kelayotgan shovqin eʼtiborimni tortdi. Lasettining egasi sadaqa soʻrayotgan oʻsha yigit va yana ikkita ayolni oldiga chaqirib gapirayotgandi:

“Uka, mana bu pulni olginda, borib ishlagin. Boshqa tilanma” deb, chamamda bir oʻram besh ming soʻmlik berdi. Qoʻlida bolasi bor ayolga ham ming soʻmlik bogʻlamni berib, joʻnatib yubordi.

Ikkinchisi yetmishlardan oʻtgan tatar ayol boʻlib (ismini ham eshitdim), oʻzining aytishicha, masjid yonidagi uyning sakkizinchi qavatida yolgʻiz yasharkan.

Yigit ungayam bir bogʻlam pul berib: “Onaxon, man ham shu mahallada turaman. Holingizni bilmagan ekanman. Endi hecham bu yerga chiqmang, oʻzim har xafta oldingizga kirib turaman.
Bugun chorshanba boʻlsa, endi juma kuni kiraman” - deb, gap orasida boyagi tilanchi yigitning otasi haqiqatda ham yurak shikoyati bilan shifoxonada ekanini, telefon qilib hammasini aniqlaganini aytib oʻtdi.

Oʻzim xohlamasamda guvoh boʻlgan mazkur voqeadan ichim toʻlib ketib rosa yigʻladim. Lekin nega yigʻlaganimni oʻzim ham bilmayman..

Haliyam shunday yaxshilar borligidan toʻlqinlanibmi..
Muazzam dinimiz shunday buyuk insonlarni tarbiyalay oladigan din boʻlgani uchunmi..

Mubashshir Ahmad

@matematikadan_milliy_sertifikat