🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#fikr_yuritish_vaqti Aytishlaricha, Umar ibn Abdulazizning q | Matematika fanidan milliy sertifikat

#fikr_yuritish_vaqti

Aytishlaricha, Umar ibn Abdulazizning qizchalari bir kun huzurlariga yigʻlab kirdi. Oʻsha paytda u yoshgina qizcha boʻlib, u kun esa hayit kuni edi.

- Sizni nima yigʻlatdi, deb amirul-muʼminiyn soʻradilar.
Qizlari: “Hamma bolalar bugun yangi kiyimlar kiyishdi, men amirul-mumininning qizi boʻla turib, eski kiyimdaman”, deya javob qildi.

Umar uning yigʻisidan taʼsirlanib, Baytulmol xazinachisi oldiga bordilar va unga: “Keyingi oy maoshimni menga berib tura olasizmi”, dedilar.

Xazinabon: “Nega, yo amiral-muʼminiyn”, dedi.
Umar unga boʻlgan voqeani aytib berdilar.

Shunda xazinabon: Men qarshimasman, lekin bitta shartim bor, dedi.

Umar: U qanday shart ekan, dedilar. Xazinabon: “Menga keyingi oygacha tirik qolib, oldindan olmoqchi boʻlgan maoshingizni toʻlab bera olishingizga kafolat bering”, dedi.

Umar uni qoldirib, uylariga qaytdilar. Farzandlari: “Otajon, nima boʻldi”, deb soʻrashdi.

Umar dedilar: “Yo sabr qilasizlar va hammamiz barobar jannatga kiramiz, yoki sabr qilmaysizlar va otangiz doʻzaxga kiradi”. Shunda bolalari: “Sabr qilamiz, otajon”, deya javob qilishdi.

Qaniydi bizda ham mana shu uchlik boʻlganda edi; Umar, xazinachi va Umar bolalari...

Mubashshir Ahmad

@matematika_testlari @matematikadan_milliy_sertifikat