2022-04-25 11:34:43
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan 9-10-sinf oʻquvchilari uchun bepul yozgi lager!
AQSH elchixonasi Oʻzbekistondagi 9-10-sinf oʻquvchilar uchun
Samarkand–USA English Camp – 2022 yozgi lagerini eʼlon qildi. Mazkur yozgi lagerda qatnashish
mutlaqo BEPUL. Shuningdek oʻquvchilar uchun
bepul yotoqxona va oziq-ovqat ham taʼminlanadi.
Lager
2022-yil 15-iyundan 15-iyulgacha Samarqandda boʻlib oʻtadi.
Lager davomida ishtirokchilar
quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
– ingliz tilini rivojlantirish
– Amerika haqida oʻrganish
– butun Oʻzbekistondan yangi doʻstlar orttirish
– turli oʻyinlar, klublar va sport hamda boshqalar
Ishtirokchilar 1 oy davomida Samarqand davlat chet tillari institutidagi maxsus darslarga qatnaydi.
Lager uchun arizalar
2022-yil 14-may, 23:59 gacha qabul qilinadi.
Ishtirok etish uchun koʻrsatilgan sanagacha BU YERDA ariza topshirish kerak.
KOʻP BERILADIGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
@grantlar
114 views08:34