Get Mystery Box with random crypto!

Bugungi kunda plastik kartalar deyarli har bir insonning elekt | MKBANK

Bugungi kunda plastik kartalar deyarli har bir insonning elektron hamyoniga aylanib ulgurdi. Biroq, ayrim firibgarlar insonlarning soddaliklaridan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasliklaridan foydalanishmoqda.

O‘zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarimizga qatʼiy rioya qilishingizni so‘raymiz:

O‘z kartangiz PIN-kodini begonalarga aytmang;
Tekshirish uchun kelgan SMS-tasdiq kodini hech kimga ko‘rsatmang;
Ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko‘rinib turgan kartangiz suratini joylashtirmang.

Unutmang, bank xodimi karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo‘yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi.

Telegram | Facebook| Instagram | You tube