🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

'Mikrokreditbank' 15 yoshda! Bugun bankimiz o‘zining kuch-quv | MKBANK

"Mikrokreditbank" 15 yoshda!

Bugun bankimiz o‘zining kuch-quvvat hamda shijoatga to‘la bo‘lgan 15 yoshini nishonlamoqda. 2006-yil 5-may kuni biz kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda boshqa qator sohalar rivojiga o‘z hissamizni qo‘shish uchun tashkil qilindik .

15 yil davomida biz:

Ko‘plab xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatdik;
Minglab yuridik hamda jismoniy shaxslarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlarida yelkadosh bo‘ldik;
Quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirish yo‘lida qator ishlar amalga oshirdik;
Yangidan yangi bank xizmat turlarini joriy qilish orqali xalqimizga ko‘plab qulayliklar yaratdik.

Bugun esa "Mikrokreditbank" yangi bosqich – transformatsiya jarayonlarini boshladi va zamonaviy moliya bozoriga qadam qo‘ydi.

Biz bilan ekanligingiz, tanlovingiz hamda ishonchingiz uchun tashakkur!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube